Bayram tuhfasi: Qorovulbozor tumani markaziy poliklinikasi yangi binoda o‘z faoliyatini boshladi
Yurtimizda Yangi yil shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Qorovulbozor tumani markaziy poliklinikasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Yangi ob’yektning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Jalol Arashov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur oilaviy poliklinikaning 1980 yillarda yog‘ochdan qurilgan binosi ma’nan eskirib, aholi va tibbiyot xodimlari uchun qator noqulayliklari mavjud edi.
Uning o‘rniga 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga zamonaviy tipdagi 225 qatnovga mo'ljallangan 3 qavatli poliklinika binosi qurib bitkazilib, jami 140 nafar shifokor va o‘rta hamda kichik tibbiyot xodimlari mehnat qiladigan muassasada aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Mahallalarda faoliyat olib borayotgan patronajlarga patronaj sumkalari hamda EKG apparatlari topshirildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#hududlar_hayoti
#Buxoroda_bayram_shukuhi
#Kogon_shahri
Kogon shahrida Yangi yil bayrami shukuhi (fotojamlanma)