BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.6K subscribers
77.2K photos
11K videos
23 files
39.3K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
Vobkent: mahalla binosi va 40-sonli maktab tomiga quyosh panellari o‘rnatildi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sаylоv24

Endi saylov uchastkasi manzilini elektron tarzda kartadan aniqlash mumkin. Markaziy saylov komissiyasi "Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi haqida tushuntirish berdi.

Batafsil ushbu videoda.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) portali orqali ham foydalanishingiz mumkin.

Xizmatdan foydalanish bepul.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Zullisonayn shoir nega saroydan bosh olib ketgan edi?

👉Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buxoroning ba’zi hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

❗️Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida Buxoro shahrining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

“Guliston” mahallasining Umar Hayyom ko‘chasidagi yer osti gaz quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida Buxoro shahridagi “Muhammad Narshaxiy”, “Sa’diy Sheroziy”, “Dilkusho” va “Guliston” mahallalarida ertaga, 24-oktabr kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.

Gaz xoʻjaligi qoidalariga rioya etishni unutmang!

Noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Botir Zaripov Buxoro shahrida sayyor qabul o‘tkazadi

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ertaga, 24-oktabr (payshanba) kuni soat 9.00dan boshlab Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyat bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.

Murojaatlarni tezkor o‘rganish, muhokama qilish va ularga yechim topish maqsadida qabulda viloyat sektorlari, boshqarma va idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi.

Mo‘ljal: Buxoro shahri, 7-kichik nohiya.
📍Manzil lokatsiyasi

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Vazifa va ijro: to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmini oshirish chora-tadbirlari Buxoro viloyati misolida


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OAV vakillari, jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Bunyod etilganiga 60 yildan ortiq vaqt bo’lgan Shofirkon tuman Markaziy o‘yingohi 3 milliard so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy qiyofa kasb etib, tuman aholisiga qayta taqdim etilmoqda.

O‘yingoh futbol maydoni, yugurish yo‘lakchasi, stritbol va plyaj voleyboli maydonchalari bilan qayta to‘ldirilib, butunlay yangicha koʻrinish oldi.

Bugun, 24-oktabr kuni soat 17.00da maskanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida sportchi yoshlar, harbiylar va Milliy gvardiya xodimlarining ko‘rgazmali chiqishlari, estrada xonandalarining gala konserti namoyish etiladi.

Shu munosabat bilan viloyatdagi barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlar mazkur tadbirga taklf etiladi.

Izoh: OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni manzilga olib borish uchun ajratilgan maxsus transport vositasi viloyat hokimligi binosi oldidan soat 16.00da jo‘nab ketadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefon raqami: (+99894) 129-35-36 (Dilshod To‘ymurodov)
#sayyor_qabul
#Buxoro_shahri
#inson_qadri_uchun

Xabar berganimizdek, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ayni paytda Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyat bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Murojaatlarni tezkor o‘rganish, muhokama qilish va ularga yechim topish maqsadida qabulda viloyat sektorlari, boshqarma va idoralar rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Hozirga qadar qabulda ishtirok etishni istab ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 69 nafarni tashkil etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube