#hokim_hududlarda
#Kogon_shahri
"Navzirabot" MFYdagi 6-umumta’lim maktabi 1997-yilda qurilgan bo‘lib, 1 200 o‘quvchi o‘rniga ega. Hozirda bu yerda 640 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya olmoqda. Mutasaddilarning taklifiga ko‘ra, maktabning bo‘sh turgan binosini moslashtirish orqali 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etilsa, hududdagi bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovini hozirgi 10 foizdan 66 foizga yetkazish mumkin.
Botir Zaripov bo‘sh bino holatini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarning taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Shuningdek, viloyat rahbari maktabda tashkil etilgan muzey faoliyati bilan ham tanishdi. Uni boyitish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#Kogon_tumani
O‘rganishlarning navbatdagi manzili Kogon tumani 24-oilaviy shifokor punktining Tutkunda filiali bo‘ldi. Filial 1968-yilda yog‘och va xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, hozirda tibbiyot va sanitariya normalariga javob bermaydi. Hozirda binoning poydevori cho‘kkan, pol qismi chirigan, devorlarida nurash kuzatilmoqda.
Botir Zaripov tibbiyot maskanining joriy texnik holatini ko‘zdan kechirdi. Qariyb olti ming aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan punktni rekonstruksiya qilish masalalari muhokama qilindi. Shunga ko‘ra amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Botir Zaripov mahalla yettiligi bilan muloqot qilib, hududning obodonlashtirish ishlariga tanqidiy baho berdi.