#turizm
#Sarhisob2024
Buxoro viloyatiga yakunlanayotgan yilning o‘n bir oyida 1 mln 588 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurib, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali turizm salohiyati yanada oshdi. Shu bilan birga, respublika hududlaridan 3 mln 800 ming nafarga yaqin mahalliy aholi sayyoh sifatida Buxoroga keldi.
Bu esa o‘z navbatida mazkur sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda hukumatimiz tomonidan rasmiy bayramlar arafasida berilayotgan ketma-ket dam olish kunlari natijasidir.
Ma’lumot uchun: Yangi yil bayramida dam olish kunlari (28 dekabrdan 2 yanvargacha) viloyatga 100 mingga yaqin sayyoh tashrifi kutilmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

2025-yil 1-yanvardan qonunchilikka ko‘ra:
▪️kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band bo'lmagan a'zolari ishga joylashganda, o'zini o'zi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan ko'p bo'lmagan muddatga to'lash davom ettiriladi;
▪️mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo'lmagan oylik ish haqi to'langan holda ishga joylashgan Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan oila a'zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to'lanadi;
▪️ kambag'al oilalarga ko'mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a'zolarining bandligini ta'minlash, o'z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a'zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o'rganishi hamda sog'lig'ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko'rsatiladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM