BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
75.7K photos
10.8K videos
20 files
39K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
Jondor: “Dalmunobod”da qurilgan umumta’lim maktabi foydalanishga topshirildi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Tadbir boshlandi. Viloyat hokimi Botir Zaripov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, shuningdek, qishloq xoʻjalik xodimlarini erishgan muvaffaqiyatlari, sohadagi yutuqlari bilan tabrikladi.

Qadoq qoʻli va fidoyi qalbi bilan elimizning rizq-nasibasini yaratayotgan mohir dehqon va fermerlar, bogʻbonlar, chorvador va pillakorlar, suvchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Yangi Oʻzbekiston ravnaqi va aholi farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan agronom va mexanizatorlar, agroklasterlarning rahbarlari va ishchi-xodimlari, dehqon xoʻjaligi rahbarlari, sohaning jonkuyar olimlariga tashakkur izhor etdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Botir Zaripov: Bu yilgi qiyinchiliklarga qaramasdan, viloyatimiz boʻyicha 618 ming tonnadan ortiq gʻalla yetishtirildi.

350 ming tonnadan ortiq gʻalla fermer xoʻjaliklari va aholimiz ixtiyorida qoldi.

Ilgʻor fermer xoʻjaliklarimiz gʻalladan 90-100 sentnergacha hosil olishdi. Jumladan, Olot tumanidagi “Bayram Hoji Saxovati”, “Yusuf Maksum” Romitan tumanidagi “Asad Polvon”, “Moʻminabonu Abror” Jondor tumanidagi “Baxrillo Mirfayzbek”, Vobkent tumanidan “Muxsin Shaxnoza Shaxobjon”, Peshkoʻ tumanidagi “Moviy Osmon Zamini” “Oston Yoʻldosh” fermer xoʻjaliklarida yuqori natijalarga erishildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
​​#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Botir Zaripov: Viloyatda joriy yilda 96,0 ming gektar maydondan qariyb 320 ming tonna paxta yigʻib-terib olindi.

Fermer xoʻjaliklarimiz 2,5 trillion soʻm daromad qildi. 208 milliard soʻmdan ortiq sof foyda olindi. Halqimiz birgina paxta terimi puli hisobidan 630 milliard soʻm daromad oldi. Tajribali fermer xoʻjaliklarimiz paxtadan 50-55 sentnergacha hosil koʻtardi.

Jumladan, Gʻijduvon tumanidagi “Sodiq zafar saxovati”, “Sh.Shodimurod” Peshku tumanidagi “Imronbek-2019”, “Rahim Toʻrayev” Romitan tumanidagi “Turon”, “Moʻminabonu Abror” Vobkent tumanidagi “Sarvinov Sojida Nigina”, “Tali Shaydo” Qorovulbozor tumanidan “Erdon-Juma”, “Jarqoq oq oltin paxta tolasi”, Kogon tumanidagi “Yorqulov Ulugʻbek”, Shofirkon tumanidagi “Shodibobo-2020”, Buxoro tumanidagi “Said Davron Nodir”, “Boltabobo”, Qorakoʻl tumanidagi “Mullo Qilichbobo”, “Dilmurod-74”, Jondor tumanidagi “Qurbonov Gʻofur Hasanovich”, “Bunyod Ahmad” Olot tumanidagi “Shukrullo Oʻrinov”, “Karim Rahim” hamda Buxoro shahridagi “Hakim-Hasan” “Hayit – Baxbet” fermer xoʻjaliklarida yuqori natijalarga erishildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Botir Zaripov: Bundan tashqari, 30 ming nafar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kiritilgan va ishsiz fuqarolarning daromadini oshirish hamda bandligini taʼminlash maqsadida gʻalladan boʻshagan maydonlardan 10,6 ming gektari ajratib berilib, yuqori daromad olinishiga erishildi. Shuningdek, joriy yilda gʻalladan boʻshagan maydonlarning 62 ming gektariga takroriy ekinlar ekilib, ushbu maydonlar hisobidan 1 trln 400 milliard soʻm daromad olinishiga erishildi.

Xalqimizning turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida joriy yilda paxta va gʻalla hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlaridan ochiq tanlov asosida aholiga 10 sotixdan 1 gektargacha 30 yil muddatda ijaraga berish orqali 100 mingdan ziyod aholi va yoshlar bandligi taʼminlanadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube