BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
75.7K photos
10.8K videos
20 files
39K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Buxoroda odamlarni ishli qiladigan katta imkoniyat – sanoat zonalari ekani alohida ta’kidlangan edi.

Shunga ko‘ra, hozirda ilg‘or xorijiy tajriba asosida Kogon tumanida ming gektarda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki barpo qilinmoqda.

Mazkur obyektning tashkil etilishi natijasida Buxoro viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sanoat quvvatlarini ishga tushirish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga erishiladi.

Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo‘shilgan qiymat, 2 mingta ish o‘rni, 250 milliard so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov majmua barpo etilayotgan hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Avvalgi o‘rganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi.

Xususan, loyiha bosh rejasi bo‘yicha hozirda “Buxoro-Qarshi” avtomagistral yo‘lidan sanoat parki barpo etilayotgan hududga qadar 3 kmdan ziyod masofada yo‘l qurilishi amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari mazkur yo‘l qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar ishtirokida mavjud muammolarni o‘rgandi va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qildi.

Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga hududning muhandislik-kommunikatsiya tizimlari bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, maxsus texnikalar va ishchi-xodimlar sonini ko‘paytirish, tuproq ishlarini bajarishni jadallashtirish orqali qurilish maydonini hozirlash yuzasidan qat’iy vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorovulbozor_tumani

Ayni paytda viloyat hokimi Botir Zaripov "Neftchilar" madaniyat saroyida Qorovulbozor tumanidagi mavjud 7 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi yettilik vakillari, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari mas’ullari, korxona va tashkilotlar mutasaddilari bilan muloqot qilib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, mahallalarda mikroloyihalarni amalga oshirish oshirish orqali odamlarning daromadini oshirish masalalarini muhokama qilmoqda.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilayotgan muhokamada Botir Zaripov har bir mahalla kesimida ishsiz, kam daromadli, kambag‘al oilalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni batafsil o‘rganmoqda.

Dastlab bu borada "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘inidagi vaziyat ko‘rib chiqildi. Botir Zaripov muhokamalar jarayonida hokimlik, tijorat banklari mas’ullari, shuningdek, "mahalla yettiligi" faoliyatiga tanqidiy baho berdi.

Shundan kelib chiqib, tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga "hayfsan" e’lon qilindi, mahalladagi hokim yordamchisi lavozimidan ozod etildi.

Muhokama davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorovulbozor_tumani

Muhokamalarda yettilik vakillarining aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirishga doir taklif va tashabbuslari ham o‘rganilmoqda.

Xususan, Qorovulbozorda yashovchi aholining asosiy daromadi dehqonchilik va chorvachilikdan ekanligini inobatga olib, sut va go‘sht mahsulotlari, chorva ozuqasini ishlab chiqarish bo‘yicha mikroloyihalarni amalga oshirish, yoshlarga ajratib berilgan yerlarda "bir kontur - bir mahsulot" tamoyili asosida xaridorgir kunjut yetishtirish va uni qayta ishlash imkoniyati bor. Shuningdek, xonadonlarda uy bekalari yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, qadoqlash va ulgurji yetkazib berishni tashkil qilgan.

Botir Zaripov shu kabi tashabbuslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali faoliyatni kengaytirish va aholi daromadlarini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorovulbozor_tumani

Tajribali tadbirkor Farrux Bekmurzayev Qorovulbozorda 32 gektar yer maydonida Koreya - Xitoy texnologiyasi asosida issiqxona tashkil qilganiga ancha yil bo‘ldi. Ko‘p tarmoqli tadbirkor hozirda issiqxonaning 4 gektarida bulg‘or qalampiri yetishtirmoqda. Tadbirkor tez orada hosilni yig‘ib, eksportga yo‘naltirmoqchi.

Botir Zaripov mazkur issiqxonada bo‘ldi. Tadbirkorning yangi loyihalari bilan qiziqdi.

Tadbirkorlik aholi daromadlarini oshirish manbai ekanligi qayd etilib, bunda qanday ko‘mak zarur bo‘lsa berilishini ta’kidlandi.

Tadbirkorning qayd etishicha, hozirda uning ishchilari soni 300 nafarga yaqin. Ularga oylik maoshdan tashqari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov ham joriy qilingan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani

Viloyat hokimi Botir Zaripovning aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, bu borada Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalari asosida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni kengaytirish, bunda yangi tashabbuslarni joriy etish maqsadiga qaratilgan navbatdagi uchrashuvi Kogon tumani hokimligida bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda tumandagi mavjud 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yettilik vakillari, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari mas’ullari ishtirok etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Kogon_shahri

Kogon shahar hokimligida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda ham aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha joriy yilda mahallalarda amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari, kelgusida ijobiy tajribalarni ommalashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Bunda mahalla yettiligi vakillari tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 65 mingdan ziyod aholiga ega Kogon shahrida ayni paytga kelib 930 ta oila rasman kambag‘al oila sifatida ijtimoiy reestrga olingan.

Muloqotda mazkur oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar xususida alohida so‘z bordi. Bunda avvalo, Kogon shahrining mavjud salohiyatidan foydalanib, tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Xabar berib borayotganimizdek, viloyat hokimi Botir Zaripov aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali ularning daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni biror faoliyat turi bilan band qilish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda tadbirkorlik muhitini shakllantirish, migratsiyada bo‘lgan va xorijdan qaytgan fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tajribalarni ommalashtirish, bu borada istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida joylardagi "mahalla yettiligi", mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari mas’ullari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi ayni paytda Olot tuman hokimligida o‘tkazilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Olot_tumani

Uchrashuvda “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʻijduvon” tajribalarini keng joriy etish yuzasidan aholining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida kichik biznes loyihalar o‘rganilmoqda.

Bunda mahalla va xonadonlar kesimida aholining talab, taklif hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, yaxshi samara bergan biznes loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube