BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.6K subscribers
77K photos
10.9K videos
22 files
39.2K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#yashil_makon
#hokim_hududlarda
#Jondor_tumani

Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligida tasarrufidagi umumiy yer maydoni cho‘l massivlaridagi yaylov bilan qo‘shganda, 86 ming gektardan ziyod bo‘lib, shundan xo‘jalikning Og‘ar va Romitan bo‘limlaridagi 137 gektar sug‘oriladigan konturlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatxonalari tashkil etilgan.

Xuddi shunday, xalq tabobati uchun dorivor o‘simliklar, elimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash uchun g‘alla va sabzavot-poliz mahsulotlari ekib yetishtirib kelinmoqda. Xo‘jalikning “Og‘ar” bo‘limi Manqufi aholi punktida ajratilgan 5 gektar maydonda tut ko‘chatxonasini barpo qilish harakati uch avval boshlangan edi. Yaqin kunlarda bu tut nihollarini xaridorlarga peshma-pesh yetkazishga kirishiladi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumandagi fermer xo‘jaliklarida mavjud dala maydonlari atroflariga 2 million tupga yaqin tut ko‘chati yetkazib berish maqsad qilingan.

Bugun, 9-noyabr kuni viloyat hokimi Botir Zaripov Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi va ilmiy tajriba stansiyasida bo‘lib, o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida xo‘jalikning manzarali, mevali daraxt va butalardan iborat ko‘chatxonalari faoliyati tahlil etildi va ularning faoliyati bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Samaradorlikni oshirish usullari hamda o‘rmon xo‘jaligi hududining ishlatilmay bo‘sh yotgan yerlaridan unumli foydalanish, xo‘jalikning kelgusidagi istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari iqlim sharoitiga mos ko‘chat turlarini ko‘paytirish, loyiha doirasida daraxt ekish ishlarini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
​​Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Qadrli soha faxriylari!

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Jahon tibbiyot ilmining asoschilaridan biri, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bobomiz aytganlaridek, odamlar dardiga darmon bo‘lmoq – ezgulik va olijanoblikning yuksak namunasidir.

Shu ma’noda so‘nggi yillarda mamlakatimizda Hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan sog‘liqni saqlash sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlar esa yangilanayotgan O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatidagi nufuziga ijobiy ta’sir etishi shubhasiz.

Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qadr-qimmatini ulug‘lashda sog‘liqni saqlash tizimi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham yurtimizda tinchlik va sog‘liqni ta’minlashga erishsak, qolgan hamma narsaga erishamiz.”

Qadrli shifokorlar!


Sizlarning kasbiy mahoratingiz, bilim va tajribangiz, insoniylik fazilatlaringizga ishonamiz va fidokorona mehnatlaringizni yuqori baholaymiz.

Xalqimiz salomatligi yo‘lida bor bilim va tajribasini ayamay, matonat ko‘rsatib kelayotgan minglab tibbiyot xodimlarining har kuni qahramonlikdan, xayrli ishlardan iborat desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda keng nishonlanayotgan tibbiyot xodimlari kuni bayrami nafaqat tibbiyot sohasi vakillarining, balki bu kasb egalari bilan faxrlanib, dil so‘zlarini izhor etayotgan aholimizning ham qutlug‘ ayyomidir.
Xalqimiz sizlarni dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, muqaddas qasamyodiga sodiq, o‘z ishiga fidoyi insonlar deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlaydi.

Dardga chalingan har bir inson borki, avvalo, Siz azizlardan najot kutadi, dardlariga davo istaydi. Shu sababdan shifokor kasbi sharafli, mehnati esa ulug‘dir!

Qadrli salomatlik posbonlari!

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz shifokorlar!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube