BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
79.3K photos
11.1K videos
23 files
39.7K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#hokim_hududlarda
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozorda investitsiya loyihalarini ishga tushirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, oilalar moddiy manfaatdorligini oshirishda qator loyihalar faoliyati samaradorligiga e’tibor qaratilmoqda.

Ayni kunda tumanda bir nechta ishlab chiqarish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ko‘rish mumkin. Jumladan, “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolar yig‘ini, Mexnatobod ko‘chasidagi yuk mototsikllari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan "Bukhara Real Moto" MCHJ "LOCHIN" rusumli yuk mototsikli, kvadrotsikllar xamda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan motokultivator vositalari ishlab chiqarmoqda.

Hududdagi o‘rganishlari davomida Botir Zaripov mazkur jamiyatda ham bo‘ldi. Korxona ta’sischilari bilan muloqotda ular faoliyatida duch kelinayotgan muammo, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga doir takliflari bilan qiziqdi.

Xalq xo‘jaligida keng foydalaniladigan minitexnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hokim_hududlarda
#Qorovulbozor_tumani

O‘tgan 2023-yilda Qorovulbozorda 8,948 ming dona tuxum ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 108 foizga yuqori.

Aholi va sanoat iste’molchilari tomonidan ushbu mahsulotlarga talab doimiy ravishda o‘sib borayotgani tufayli ishlab chiqarish darajasi pastligicha qolmoqda.

Shuni noabatga olib, “Vigour Export” MCHJ tomonidan 5 gektar maydonda Xitoy texnologiyasi zamonaviy parrandachilik kompleksi tashkil etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 7,040 mln so‘m bo‘lib, shundan, 7 mlrd so‘mi tadbirkorning o‘z mablag‘i, 600 ming AQSH dollari esa tijorat banki moliyaviy ko‘magi hisoblanadi. Yiliga 15 mln dona tuxum ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada ayni paytda 30 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Botir Zaripov o‘rganishlarining navbatdagi lokatsiyasi ayni shu obyekt bo‘ldi. Loyiha tashabbuskori bilan muloqotda faoliyatni keyegaytirish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube