BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.9K subscribers
79.2K photos
11.1K videos
23 files
39.7K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
Buxoro tumani: Rabotiqalmoqdagi maktab yangi sport zaliga ega boʻldi

Buxoro tumanining “Rabotiqalmoq” mahalla fuqarolar yigʻinida bugunga kelib 9 mingdan ziyod aholi yashaydi. Mahalla aholisi talab va murojaatlaridan kelib chiqqan holda oʻtgan yili birgina Bunyodkor qishlogʻida istiqomat qiluvchi ota-onalar farzandlari uchun zamonaviy andozada yangi barpo qilingan 530 oʻrinli 46-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻz faoliyatini boshlagandi.

Shu yil aprel oyida esa shu mahallada yashovchilarning koʻp yillik yana bir orzusi — maktabgacha taʼlim tashkiloti qurib bitkazilgani koʻplarni xursand qildi. Viloyat prokuraturasi va tuman hokimligining amaliy yordami tufayli 43-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining filiali tashkil etildi.

Mahalla husniga koʻrk bagʻishlayotgan 46-sonli umumtaʼlim maktabi ayni kunda 130 nafar bunyodkorlik oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan boʻlsa, orziqib kutilgan yangi va shinam bogʻcha qishloq bolalarining sevimli maskaniga aylangan. Aynan bunyodkorliklarning murojaati yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan ajratilgan 500 million soʻm mablagʻ hisobiga 46-sonli maktabida 50 oʻrinli, 43-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining filiali tashkil etilgan.

Yaqinda Rabotiqalmoqda 18-sonli umumtaʼlim maktabining yangi sport zali qurib, foydalanishga topshirilgani oʻquvchilar, sportsevar oʻgʻil-qizlarni xursand qilmoqda. Bu yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, aholi salomatligini yanada mustahkamlash, yoshlarni har tomonlama chiniqtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Qolaversa, ayni paytda nafaqat viloyatda, balki jahonga dovrugʻ taratgan kurash va sambo boʻyicha jahon chempionlari Sobir va Akobir Qurbonovlar, Shuhrat Ochilov, Fatxullo Xoliqov va boshqa oʻnlab rabotiqalmoqlik sportchilar nomini bugun har bir yurtdoshimiz faxr bilan tilga oladi.

Yangi sport zalini foydalanishga topshirish tadbirida Oʻzbekiston Qahramoni, mashhur dehqon Muhammad Ahmedov, tuman hokimi Anvar Ochilov va boshqalar soʻzga chiqishib, mahalla faollari hamda ota-onalarni koʻpdan kutilgan zamonaviy, shinam inshoot bilan samimiy tabrikladilar. Barcha qulaylik va shart-sharoitga ega boʻlgan bu majmuadan kelgusida yana osiyo va jahon chempionlari yetishib chiqishiga ishonch bildirildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Botir Zaripov
Qadrli buxoroliklar!

Siz azizlardan kelib tushayotgan ko‘plab takliflarni inobatga olib, tadbirkorlar uchun Zoom orqali muloqotni 🔠🅰️🔠🔠🔠🔠🔠🅰️ formatda olib borishga qaror qildim.

Faoliyatingizni rivojlantirish yoki tashkil etishda kredit mablag‘iga ehtiyojingiz bormi?

Kadastr va arxitektura hujjatlarini rasmiylashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda muammolarga duch keldingizmi?

Auksion savdolarida ishtirok etish, yer ajratilishi bilan bog'liq muammolar qiynamoqdami?

Bugun, 4-noyabr kuni soat 19:30 dan boshlab https://us06web.zoom.us/j/9409126623?pwd=AHmBt31DZpAOaC0FH2DkmbGhrYYu3O.1 giperhavolasi orqali Zoom platformasiga ulaning!

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 Ushbu muloqotga onlayn ravishda faqatgina eksportyorlar, turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor fuqarolar qatnasha oladi.

@BotirZaripov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar
#umra+

⚡️Ilk taylandlik musulmonlar “Umra+” dasturi asosida Buxoroni ziyorat qilishdi

Joriy yilning 4-noyabr sanasida 20 nafardan ortiq taylandlik musulmonlar Buxoro bo’ylab ham sayohat, ham ziyorat amallarini bajo keltirishdi.

Dastlab “Yetti pir”ni ziyorat qilib, ziyoratgohlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqin tanishishdi. So’ng, eski shahar bo’ylab sayohatni davom ettirishdi.

—Buxoroga ilk kelishimiz. Bu yerdagi insonlarning mehmondo’stligi, samimiyligini boshqa davlatlarda ko’rmadik. Men Buxoroga yana kelishga qaror qildim,- deydi sayyohlardan biri.

Ma’lumot uchun: xorijlik ziyoratchilar ziyorat amallarini bajo keltirib, ertaga Umra safariga yo’l olishadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Buxoroning ba’zi hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

❗️Buxoro shahar “Mirzo Ulug‘bek” mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 100 mm li o‘rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 5-noyabr kuni soat 09:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste'molchilariga;

❗️Kogon tuman “Yangi hayot” mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 89 mm li o‘rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 5-noyabr kuni soat 09:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste'molchilariga;

❗️Romitan tuman “Tarnaut” mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 57 mm li o‘rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 5-noyabr kuni soat 09:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste'molchilariga;

❗️Qorako‘l tuman “Sayyod”, “Qulonchi”, “Do‘rmon”, “Bandboshi”, “Qorako‘l” mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 219-159 mm li yuqori bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 5-noyabr kuni soat 09:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste'molchilariga;

❗️Shofirkon tuman “Paxtaobod”, “Jo‘yrabot”, “Jilvon” mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz quvuriga yuqori bosimli gaz maromlash qurilmasini o‘rnatish maqsadida 5-noyabr kuni soat 09:00 dan soat 17:00 gacha hudud iste'molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to'xtatiladi.

Gaz xoʻjaligi qoidalariga rioya etishni unutmang!

Noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM