Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
975 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malaka imtihonlari qanday o‘tmoqda!?


⭐️🌟Avval xabar berganimizdek, ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihonilari boshlangan.

🫥 Imtihonlar 2024-yil, 16-17-sentabr kunlari, 4 mahaldan o'tkazilishi haqida e'lon berilgandi. Kuni kecha imtihonlarda qatnashgan talabgorlardan, imtihon jarayonlari haqida mazkur videoni tomosha qiling. ▶️👆

📹 Bugungi Imtihon jarayonlarini esa Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Ma'lumot o'rnida


Fuqarolar oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlarni qayerdan oladi?

Batafsil javob videoda👆

#DavKadastrPalata #qonun #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning necha sotixgacha bo‘lgan yerlariga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr idoralarida
zamonaviy arxivlar

📃🫥 2024-yil Davlat kadastrlari palatasida “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to'g'ri yuritishni yo‘lga qo'yish yili” deb e'lon qilingan bo'lib, “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi doirasida Respublika miqyosida jami 14 ta hududiy boshqarmalar filiallari arxivlari tanlab olingan edi.

🫥 Bugungi kunga qadar ushbu arxiv xonalarining 9 tasi qisqa muddat ichida har tomonlama zamon talablariga javob beruvchi jihoz va texnikalar bilan ta'minlandi hamda foydalanishga topshirildi. Belgilangan 8 ta arxivlardan 7 tasiga zamonaviy mobil stellajlar to’liq o'rnatildi.

▫️Buxoro viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Toshkent shahri

▶️ Mazkur videorolik orqali Namunali arxivlar tashkil etilgan filiallar haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joy nomlari tarixiga nazar

🇺🇿 Respublikamizning turli hududlaridagi qadimiy joy nomlari, etimologiyasi, tarixi, geografik joylashuvi haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi videolavha orqali Jondor so'zi tarixiga yuzlanamiz.

💿 Jondor - Buxoro viloyatidagi tuman nomi bo'lib, 1935-yil 9-fevralda tashkil topgan.

📹 Ushbu atama haqida batafsil mazkur video orqali tanishishingiz mumkin.👆

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun kuchga kirishiga oz fursat qoldi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda sugʻoriladigan yerlar boʻyicha ham maʼlumotlar keltirilganmi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

▶️ DIQQAT E’LON!

⭐️🌟 Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” va “Ko‘chmas mulk-4” ma’lumotlar bazalarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-noyabr kunlari tizimlarni ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun yurtdoshlarimizdan uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Egalik huquqini e'tirof etish asoslari


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan elektron yig‘majild, ma’lumotlar va hujjatlar qonun talablariga muvofiqligi jihatidan o‘rganilib, yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish asosliligi to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi.

📃 🫥 Huquqlarni e’tirof etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan egalik huquqi e'tirof etiladi.

◾️Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Quyidagi
kadastr xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi:

🇺🇿Kadastr pasportini shakllantirish;

🇺🇿Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🇺🇿Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🇺🇿Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🇺🇿Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🇺🇿Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🇺🇿Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🇺🇿Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🇺🇿O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🇺🇿Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Egalik huquqiga doir hujjatlar "E'tirof" AAT dasturida kelishiladi


🇺🇿 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining "E'tirof" avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

🫥 Bunda ma’lumotlar hamda hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan kiritiladi.

🫥 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Egalik huquqini e'tirof etish uchun bir martalik to'lov miqdorlari


➡️ Toshkent shahrida - BHMning besh baravari miqdorida;

➡️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida - BHMning uch baravari miqdorida;

➡️ viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda - BHMning ikki baravari miqdorida;

➡️ boshqa aholi punktlarida - BHMning bir baravari miqdorida.

😮 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr obyektiga taqiqni tekshirishning oson yo‘li bor!

◼️ Ko‘p hollarda (masalan, oldi-sotdi jarayonida) ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini tekshirish juda zarur bo‘lib qoladi.

🏘 Chunki obyektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, ovoragarchiliklar bo‘ladi.

🌐 My.gov.uz shunday ovoragarchiliklar bo‘lmasligi uchun qulay xizmatni yo‘lga qo‘ygan.

◼️Shuningdek, Yagona portal orqali umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirish imkoni bor.

#DavKadastrPalata #dxm_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-son Qonuniga asosan bir qancha yoʻnalishlarda huquqlar eʼtirof etilishi uchun koʻrib chiqiladi.

▶️ Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer va mulk munosabatlari


🇺🇿🇺🇿 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM