Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
980 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining Buxoro shahar filiali mutaxassislari tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni haqida batafsil ma'lumotlar berish maqsadida hududdagi 1-son Narshaxiy mahallasida xatlov ishlari boshlanib, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berilmoqda.

◾️Xatlov ishlari doirasida fuqarolarga mahallalarning hudud xaritasini yaratish va ko‘chmas mulklar ro‘yxatini tayyorlash hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimida ishlash tartibi to'g'risida tushuntirishlar berib borilmoqda.

Buxoro shahridagi xatlov jarayonlari va targ'ibot ishlari quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda:

◾️"Worl7.uz" telegram kanalida;
◾️"Потребитель Бухара" telegram kanalida yoritildi.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤🎤🎤🎤 🗂🗂🗂🗂

2018-yil 1-may kunigacha o‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulk obyektining egasi vafot etgan bo‘lsa, huquq kimni nomiga e’tirof etiladi?

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

▶️ Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 750 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 625 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

#Foydali #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 6-noyabr kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish yuzasidan 2024/2025-yillarda xatlovdan o‘tkaziladigan mahallalar reja-jadvali va “E’TIROF” dasturi haqida.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤🎤🎤🎤 🗂🗂🗂🗂

Yer maydonini xususiylashtirishning afzalliklari nimada?

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🗂🗂🗂🗂

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 Ertadan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonunga koʻra, yakka tartibdagi uy-joylar va boshqa yer uchastkalarining ijara muddatlari haqida infografika orqali bilib olishingiz mumkin!

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔘Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔘 Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🔘viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🔘 boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

➡️Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🔘 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🔘 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.


Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝 📣📣📣📣

Hurmatli Jondor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari
!

◾️Aholining kadastr sohasida muammolarini bartaraf qilish va sohaga oid savollairga javob berish maqsadida sayyor qabul o'tkaziladi.

🕔 Sayyor qabul 8-noyabr kuni soat 10:00 dan boshlab o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan o'tkaziladi.

📍Manzil: Kadastr agentligi Jondor tumani bo‘limi binosi

#Sayyor_qabul #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM