#Huquqiy_asos #Bilasizmi
#Kadastr #Buxoro
⚡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir
📃 Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
▪️ Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.
▪️ Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
❗️ Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquq egalari uchun majburiydir.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro
❌ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi
‼️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
📝 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
❌ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Buxoro viloyat Davlat aktivlari boshqarmasi! Rasmiy kanal
Tadbirkorlari va ishbilarmonlar diqqatiga!
3-avgust (shanba) kuni soat 10:00 da
Buxoro viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari, davlat mulkini ijaraga olish, E-auksion savdolarida qatnashish toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.
Manzil:
Buxoro shahri, A.Navoiy koʻchasi, 10-uyda joylashgan "Yoshlar markazi" binosi
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!
Ma'lumot uchun
+998652217040 +998992072604
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
✅ Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |🌐 Veb-sayt
3-avgust (shanba) kuni soat 10:00 da
Buxoro viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari, davlat mulkini ijaraga olish, E-auksion savdolarida qatnashish toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.
Manzil:
Buxoro shahri, A.Navoiy koʻchasi, 10-uyda joylashgan "Yoshlar markazi" binosi
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!
Ma'lumot uchun
+998652217040 +998992072604
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Yer_nazorati #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro
📣 Hurmatli Romitan tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!
📨 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Romitan tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
🖊 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Sayyor qabul🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil: Romitan tumani, "Qahramon" MFY binosi
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Buxoro
Sayyor qabul
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-avgustdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:
👉 Batafsil
👉 Batafsil
👉 Batafsil
👉 Batafsil
👉 Batafsil
#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Yer_nazorati #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
▪️ yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);
▪️ binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▪️ binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▪️ binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;
▪️ ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;
▪️ qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.
‼️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.
⚠️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Murojaatlar
#Kadastr #Buxoro
Romitan tuman aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqda
Ayni paytda Romitan tumanida💫 Davlat Kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi E. Zayniddinov hamda tuman kadastr mutasaddilari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.
📝 Hozirga qadar sayyor qabulda fuqarolarning yer ajratish, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr pasporti shakllantirish kabi masalalari yuzasidan 10 ga yaqin murojaatlari tinglandi.
📃 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan murojaatlarni ijobiy hal qilish choralari ko'rilmoqda va shuning barobarida fuqarolarga qonunchilik bo'yicha huquqiy tushunchalar ham berilmoqda.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
Romitan tuman aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqda
Ayni paytda Romitan tumanida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari
#Huquqiy_malumot
📝 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligining davlat tomonidan tan olinishi.
🤔 Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulklar: yer uchastkalari, binolar, inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar, mulkiy majmua sifatidagi korxonalar.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Huquqiy_malumot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
#Huquqiy_malumot
📁 Maʼmuriy jarimalarni to‘lashdagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardormisiz?
📝 Amaldagi tartibga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
‼️ Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
😎 Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
😎 xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Huquqiy_malumot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov sohaga oid aholidan kelib tushgan savollarga javob berdi:
➖ Bu qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga amal qiladi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
➖Ha buning imkoni bor. Ko‘chirmani onlayn yuklab olishni ikki xil yo‘lda amalga oshirishingiz mumkin: birinchisi, my.gov.uz portalida ariza berish orqali. Xizmat avtomat ravishda bepul amalga oshiriladi.
Ikkichisi esa davreestr.uz portal orqali olishingiz mumkin. Bunda ham xizmat avtomat ravishda bepul amalga oshiriladi.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
❕ Bundan 5 yil oldin uy sotib olgan edim. Yaqinda kadastr xodimlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagansiz deb jarima yozib berishdi. Bu qonuniymi?
➖ Amaldagi qonunchilikka ko‘ra ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar vujudga kelganidan 1 oy ichida uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat etish lozim. O‘z vaqtida murojaat etmaslik, MJtKning 68¹-moddasiga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
〰️〰️〰️〰️〰️
❕ O‘zboshimchalik bilan uy qurgandim kadastr xodimlari tomonidan jarimaga tortildim. Agar qurilmani buzsam jarimadan ozod etilamanmi?
➖ Agarda huquqbuzarga nisbatan MJtKning 60-modda 2-qismi bilan ma’muriy ish ochilgan bo‘lsa va huquqbuzar noqonuniy qurilmani o‘z xohishi bilan buzib holatni bartaraf etsa, bu holda ma’muriy ish 60-modda 4-qismi bilan tugatiladi va huquqbuzarlik bartaraf etilganligi bois jarima qo‘llanilmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sayyor qabul
📍Manzil: Jondor tumani, Kadastr aganetligi tuman boʻlimi binosi
#Sayyor_qabul #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM