Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
980 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi
#Kadastr_xizmati

Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

◾️ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

◾️ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

◾️kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❗️Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🔺 Yer va kadastr nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan joylarda yer nazoratini amalga oshirishda kosmik suratlarni taqqoslash hamda dronlar yordamida o‘zboshimcha qurilmalarni aniqlash amaliyotidan doimiy foydalanib kelinmoqda.

📍 Peshku tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari chog‘ida fuqaro “Chibog‘oni” MFY hududidagi tomorqa yeridan 200 kv.metrini o‘zboshimchalik bilan egallab olgani aniqlandi.

Olib borilgan tushuntirish ishlari hamda ogohlantirishdan so‘ng, ushbu yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

#Kadastr #Buxoro #Yer_nazorati #Bartaraf

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

Korrupsiyaga qarshi — birgalikda kurashamiz

📍 Buxoro shahridagi Imom Buxoriy MFYda Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassisi S.Abdullayev hamda agentlikning Buxoro shahar boʻlimi inspektorlari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi — birgalikda kurashamiz” mavzusida fuqarolar va mahalla faollari ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.

◾️Mahalla faollariga mas'ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha Kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʼtdi. Xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatishda muammolar yuzaga kelganda ishonch telefoni orqali xabar berish bo‘yicha tushuntirildi.

◾️ Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion #Kadastr
#Buxoro

⚡️ Тadbirkorlik uchun yer uchastkalarini E-auksion.uz savdolaridan sotib oling!!!

📍Buxoro viloyatida 3000 ga yaqin yer uchastkalari elektron-onlayn savdolarda sotilmoqda

◾️ Master-rejaga asosida — 11 ta ✔️
◾️ Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun — 2647 ta✔️
◾️ Yakka tartibda uy-joy uchun yerlar 128 ta✔️
◾️ Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 1 ta ✔️
◾️ Mikromarkazlar uchun14 ta✔️
◾️ Yangi O'zbekiston (ko'p qavatli uy joy) — 99 ta✔️
◾️ Xalqaro yo'l bo'yida xizmat ko'rsatish — 37 ta ✔️
◾️ Nodavlat umumta’lim va MTM uchun — 16 ta ✔️
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi — 5 ta ✔️

📹 Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

📣 Hurmatli Olot tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

📨 Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Olot tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

🖊 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 19-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul ⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Olot tumani, "Oʻzbekiston" MFY binosi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 🎤🎤🎤🎤

🏛Ko'chmas mulk obyektlarini birma-bir identifikatsiya qilish orqali bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga o'tkazish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti infografikada.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani #infografika

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar_tahlili
#Statistika #Kadastr #Buxoro

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasiga 2024-yil 6 oyi davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili:

📝Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 454 ta

Yuridik shaxslardan — 31 ta
Jismoniy shaxslardan — 423 ta

✉️ Jami murojaatlarning 292 tasi elektron pochta orqali, 53 tasi ogʻzaki, 106 tasi yozma qabul qilingan. Yana 3 ta murojaat ishonch telefoni orqali kelib tushgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 Savol: Uyimning yonidagi meniki bo‘lmagan yerni qo‘shib olganman, shuni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q. Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplaridan biri bu - qonuniylik. O‘z nomi bilan aytib turibdi O‘zboshimchalik bilan egallangan degani huquqni begilovchi hujjatlari yo‘q degani. Qonunga va reglamentga ko‘ra huquqiy hujjatlari mavjud bo‘lgan yerlar xususiylashtirilmaydi.

🗣 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 71-sonli qarori.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🫥Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

- mulk huquqi;
- doimiy egalik qilish huquqi;
- doimiy foydalanish huquqi;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
- ijara huquqi;
- ikkilamchi ijara huquqi;
- xo‘jalik yuritish huquqi;
- operativ boshqarish huquqi;
- ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
- bepul foydalanish huquqi;
- renta;
- ipoteka;
- servitut;
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Kadastr #Buxoro

Ayni paytda Olot tumanida ⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi Y.Habibov boshchiligida hamda tuman kadastr idoralari mutasaddilari ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

📝Sayyor qabulda fuqarolarning yer ajratish, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi masalalari yuzasidan 10 ga yaqin murojaatlari tinglandi.

📃 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan murojaatlarni ijobiy hal qilish choralari ko'rildi va fuqarolarga qonunchilik bo'yicha huquqiy tushunchalar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Qonunchilik
#Kadastr #Buxoro

Fuqarolar, yuridik shaxslar va boshqa subyektlar o‘rtasida ko‘chmas mol-mulklarni notarial ravishda rasmiylashtirishda yuzaga keladigan muammolarning biri taqiqlar bilan bog‘liqdir.

📃 Qonunchilikka ko‘ra, sud yoki boshqa organlar qarorlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganda, qarzdorliklar bartaraf etilmagan taqdirda, qarzdorlar jismoniy yoxud yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklarga taqiqlar qo‘yilishi mumkin.

◾️ Fuqarolar ko‘chmas mulklarga oid qidiruv yoki taqiq bo‘yicha ma’lumotlarni Majburiy ijro byurosining Mib.uz rasmiy saytidagi “Interaktiv xizmatlar” sahifasida “Ko‘chmas mulkni tekshirish” ruknlari orqali bilib olishlari mumkin. 

☝️ Buning uchun “Ko‘chmas mulkni tekshirish” rukniga kirib kadastr raqamlarni kiritish orqali taqiq mavjud yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

❗️Agarda, ko‘chmas mulkda taqiqlar aniqlansa, ushbu saytning “Qarzdorlikni tekshirish” rukni orqali bu haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.

◾️Shuningdek, qarzdorlik elektron to‘lov tizimi orqali bartaraf etilganida, mavjud qidiruv va taqiqlar shu zahoti bekor qilinadi.

Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM