Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.69K photos
984 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
🌏 Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obyektlarni ishga tushirish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

◾️Tashrif avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi va bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi metall quvur ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy “Enpipe” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

◾️Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Investorlar va tarmoq rahbarlari yangi loyihalarni taqdimot qildi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida uchta yirik inshoot— gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan samimiy suhbatlashdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha namunaviy loyiha bilan tanishdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

📝 Prezident Farmoniga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan:

🔺avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;

🔺noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

📆2024-yil yakuniga qadar:

🔺davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;

💠Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

🔻 fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi

🗂 Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumotlarni onlayn olish mumkin❗️

🏠Hozirgi kunda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi juda ko’paygan.

📊Bu jarayonda xaridorlar uchun xarid qilinayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar: uning haqiqiy egasi kim, umumiy maydoni va qurilish osti maydoni qancha, qurilgan yili qachon, amaldagi va avvalgi huquq turi, cheklov mavjudligi, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlari shakli, kim tomonidan berilgani, sanasi, raqami bor-yo‘qligi nafaqat qiziq, balki muhim ham hisoblanadi.

💻Endilikda bu kabi ma'lumotlarni uydan chiqmagan holda olish mumkinligidan xabaringiz bormi?

⚠️Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumot olish” xizmatidan foydalanish kifoya.

📆 Onlayn yo‘llangan ariza Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda natija talabgorga maʼlumotnoma ko‘rinishida taqdim etiladi.

💰 Xizmatdan foydalanish uchun 165 000 so‘m (BHMning 50 foizi) miqdorida to‘lov undiriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz! Xizmatdan my.gov.uz portali orqali foydalanganda, xizmat uchun undiriladigan to‘lov 10 foizga arzonlashadi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya
bo‘limi tomonidan 2024-yilning dastlabki 5 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

29 900 kv.km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi;
26 800 kv.km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi;
17 100 kv.km maydonda topografik xaritalar yangilandi;
4 020 ta suratlarni planli va balandli bog‘lash;
557,8 km nivelirlash ishlari;
358 ta geodezik o‘lchov ishlari bajarildi;
41 100 nusxada topografik xaritalar nashrga tayyorlandi;

🗣Shuningdek, Kadastr agentligiga hududiy komissiyalar hamda vazirlik va idoralar tomonidan 24 524 ta geografik obyektlarga nom berish bo‘yicha takliflar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 5-iyun kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Brifingda: 🌟Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yer nazorati tadbirlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari to'g'risida so'z boradi.
🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov, 🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍 Buxoro va Xorazm viloyatining o‘rtasidagi 55 km uzunlikdagi chegaralari ⭐️Respublika aerogedeziya markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi, Xorazm hududlararo bo‘linmasi 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmalari mutaxassislari tomonidan mavjud arxiv hujjatlari asosida muhokama qilinmoqda.

◾️Buxoro va Xorazm viloyatlari o'rtasidagi ma'muriy-hududiy birliklar chegaralari bo'yicha tafovut ishchi guruh tomonidan tahlil qilinib, kelishish ishlari amalga oshirilmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 BRIFING

📍 Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtdoshlarimizga Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yer nazorati tadbirlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari bo‘yicha ma’lumot berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

Maqsadimiz — korrupsiyadan
holi tizim yaratish

📍 Peshku tumanidagi "Valfajir" MFYda 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari S.Abdullayev hamda M.Xidirovlar tomonidan “Korrupsiyaga qarshi — birgalikda kurashamiz” mavzusida fuqarolar va mahalla faollari ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.

◾️ Mahalla faollariga mas'ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha Kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʼtdi. Xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatishda muammolar yuzaga kelganda ishonch telefoni orqali xabar berish bo‘yicha tushuntirildi.

◾️ Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM