Buxoro Kadastr ️
2.83K subscribers
6.33K photos
1.08K videos
1 file
4.55K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi
#Kadastr #Buxoro

📃 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlash davlat reyestridan ko‘chirma berish orqali amalga oshiriladi.

◾️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar sudlarning yoki vakolatli davlat organlarining ijro etilishi majburiy bo‘lgan hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan qarorlari asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, manfaatdor shaxslarga xabarnoma va davlat reyestridan ko‘chirma yuboriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni mamlakatimizda ham alohida tantana qilib nishonlanishi an’anaga aylangan.


⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida “1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tashkilot xodimlarining farzandlari uchun bayram tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar uchun kuy-qo‘shiqlr va turli ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etildi. Tashkilotchilar tomonidan barcha bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirildi.

💐 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari barcha bolajonlarni "1-Iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bilan chin qalbdan tabriklaydi!

#Bolalar_kuni #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏 Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obyektlarni ishga tushirish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

◾️Tashrif avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi va bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi metall quvur ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy “Enpipe” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

◾️Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Investorlar va tarmoq rahbarlari yangi loyihalarni taqdimot qildi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida uchta yirik inshoot— gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan samimiy suhbatlashdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha namunaviy loyiha bilan tanishdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

📝 Prezident Farmoniga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan:

🔺avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;

🔺noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

📆2024-yil yakuniga qadar:

🔺davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;

💠Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

🔻 fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan S.Murodov ko‘chasi hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 48 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz noqonuniy qurilma qurganligi aniqlandi.

😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.

Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


#Yer_nazorati #Kadastr #Buxoro #Bartaraf

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⭐️Kadastr agentligi tizimida yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasidagi monitoring ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

◾️Xususan, Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi hamda Buxoro tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Istiqbol”, “Yangi turmush” hamda "Mustaqillik" MFY hududlarida dron yordamida olib borilgan nazorat tadbirlarida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurish holatlari aniqlandi.

📝 Aniqlangan holatlar yuzasidan qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berildi.

Shu o‘rinda eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


#Yer_nazorati #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi

🗂 Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumotlarni onlayn olish mumkin❗️

🏠Hozirgi kunda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi juda ko’paygan.

📊Bu jarayonda xaridorlar uchun xarid qilinayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar: uning haqiqiy egasi kim, umumiy maydoni va qurilish osti maydoni qancha, qurilgan yili qachon, amaldagi va avvalgi huquq turi, cheklov mavjudligi, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlari shakli, kim tomonidan berilgani, sanasi, raqami bor-yo‘qligi nafaqat qiziq, balki muhim ham hisoblanadi.

💻Endilikda bu kabi ma'lumotlarni uydan chiqmagan holda olish mumkinligidan xabaringiz bormi?

⚠️Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumot olish” xizmatidan foydalanish kifoya.

📆 Onlayn yo‘llangan ariza Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda natija talabgorga maʼlumotnoma ko‘rinishida taqdim etiladi.

💰 Xizmatdan foydalanish uchun 165 000 so‘m (BHMning 50 foizi) miqdorida to‘lov undiriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz! Xizmatdan my.gov.uz portali orqali foydalanganda, xizmat uchun undiriladigan to‘lov 10 foizga arzonlashadi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM