Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
981 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Muqaddasdir_vatan_bayrogi
#Kadastr #Buxoro

🇺🇿 Davlat bayrog'i xalqning qadim o'tmishi, buyuk qadriyatlari, millatning buguni va kelajagini o'zida ifoda etadi.

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.

🇺🇿 Bayrog'imiz musaffo osmon uzra hamisha hilpirab tursin!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

▶️ Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,9 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi?

‼️ Yo‘q

Ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mazkur mulkka oid huquqiy hujjatlar (yer ajratish qarori, oldi-sotdi shartnomasi, meros guvohnomasi, hadya shartnomasi) mavjud bo'lgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun murojaat yo'llash mumkin.

📝 Murojaat yuborilgach ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 2023 йилнинг 10 ойи давомида 19 359 та географик объект номлари давлат реeстрига киритилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Давлат кадастрлари палатаси ахборот хизмати раҳбари Муножат Йўлдошева маълум қилди.

Шунингдек, ўтган давр мобайнида географик обьектларга ном бериш ва уларни қайта номлаш тўғрисидаги таклифларни давлат экспертизасидан ўтказиш бўйича 46 330 та ном эксперт комиссиясига тақдим этилган.

Шундан, 22 970 та географик объект номларига қонунчилик ҳужжатларига мувофиқлиги юзасидан ижобий экспорт хулосалари берилган, 23 360 та ном қонунчилик ҳужжатлари талабларига номувофиқ деб топилиб, қайта кўриб чиқиш учун ҳудудий комиссияларга қайтарилган.

Шу билан бир қаторда, ҳудудий комиссиялар томонидан ўрганилган ва ҳудудда мавжуд бўлмаган 954 та географик обьект номларини давлат реестридан ўчириш, давлат реестрига киритилган 279 та географик обьектларнинг номларига тегишлича ўзгартиришлар киритиш ишлари амалга оширилди.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallariga 2023-yilning 13–18-noyabr kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari #Kadastr
#Buxoro

🗺Kartografik monitoring — joyning holatini kartografik jihatdan o‘rganish maqsadida yer yuzasini uzluksiz kuzatish tizimi- kartografik monitoring deyiladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy web-sayti ishga tushirildi

🌐 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi o'zining barcha ijtimoiy tarmoqlarida faol. Bugungi kunda esa aholining kadastr masalalarida qiziqishlari va murojaatlari soni ham ortib bormoqda.

💠 Endi bizni Uzdkp.uz rasmiy web-sayti orqali ham  kuzatishingiz mumkin. Bunda Siz tizimga oid xabar va yangiliklardan birinchilardan voqif bo‘libgina qolmay, tashkilotning faoliyati, yo'nalishlari haqida ma'lumotga ega bo'lish va murojaatlaringizni to'g'ridan-to'g'ri yuborish imkoniyatiga egasiz.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati tomonidan web-saytning barcha asosiy imkoniyatlarini namoyon qiluvchi 2 qismdan iborat videoqo'llanma tayyorlandi.

▶️ Mazkur videoqo'llanma orqali Siz uzdkp.uz web-saytiga virtual sayohat qilasiz.

📝 Davomi bor...

#DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Bartaraf

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan shaharning A.Somiy ko‘chasi hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 25 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi !

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusi (EuraAsia SDI) – 2023


⚡️ Ayni dam, Samarqand shahrida 🌟Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi ish boshladi.

◼️ Mazkur хalqaro uchrashuv 21-22- noyabr kunlari 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislarni o‘zaro fikr va xalqaro tajriba almashishiga imkon yaratadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Qorakol_tumani

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako‘l tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 10 oyi davomida 72 ta holatda 4,76 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

🤔 Shundan 1,95 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝 36 ta holatda 2,29 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. 25 ta holatda sud tomonidan da'vo arizalari qanoatlantirilgan. Ayni vaqtda qolgan da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰 5 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 141 nafar qonunbuzar shaxslarga 814,05 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Охирги уч йилда соҳани рақамлаштириш ҳисобига 40 миллион гектар ёки жами ерларнинг 90 фоизи кадастрдан ўтказилди.

Энди қолган муаммоли ерларни ҳам тўлиқ кадастр рўйхатидан ўтказиш шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Қишлоқ хўжалиги ерларида аэросуратга оладиган замонавий самолёт ва лабораториялар олиб берилди.

Кадастр агентлигига туман ва шаҳар ҳокимлари билан бирга йил якунигача аэросуратга олиш ишларини Тошкент шаҳри, Тошкент ва водий вилоятларида, келгуси йили эса қолган ҳудудларда тўлиқ якунига етказиш топширилди.

Аэросуратлар асосида қишлоқ ерларини мониторинг қилиш тизими йўлга қўйилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда қишлоқ хўжалигида:

- 286 минг гектар ерга бўлган ҳуқуқни тасдиқловчи ҳужжатлар тўлиқ эмаслиги;

- 159 минг гектар ернинг ҳужжатдаги ва амалдаги майдони бир-биридан фарқ қилиши;

- аввалги даврларда доимий фойдаланиш учун ажратилган 460 минг гектар ернинг ҳуқуқий мақоми аниқ эмаслиги қайд этилди.

Оқибатда жами 900 минг гектардан зиёд қишлоқ хўжалиги ерлари кадастр рўйхатидан ўтмасдан турибди. Кадастри йўқлиги сабабли такрорий экинлар учун бу ерларни расман иккиламчи ижарага бериш имкони бўлмаяпти.

Буларни оқибатида камида 300 минг иш ўрни, такрорий экиндан олинаётган маҳсулот ҳамда норасмий ижаранинг ҳисоби юритилмаяпти.

Facebook|Instagram|Twitter
Ўтган ҳафта Сурхондарёга ташрифда “плёнка остида парник” ташкил қилиб, экспортбоп сабзавот экинларини экиш имкониятлари кўрсатиб ўтилган эди.

Ҳудудларда бундай усулда экин экишни истаганлар жуда кўп. Лекин улар учун ер олиш мураккаб.

Шу боис, келгуси йилдан экин ери юқори унумли уруғ, кўчат, агро-технология, экспорт кўникмаларига эга бўлганларга аукцион орқали ижара ҳуқуқи билан сотилади.

Мутасаддиларга 2024 йил 1 февралга қадар камида 15 минг гектар ерни лотларга бўлиб, экспортбоп сабзавот етиштириш учун ўртача 1 гектардан аукционга чиқариш, аукциондан ер олган аҳолига уруғ, ўғит, плёнка ва айланма маблағ учун кредит ажратиш, ҳосилдор экспортбоп экинлар уруғини кафолатли етказиб бериш бўйича топшириқлар берилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Сув ҳавзаларини, канал ва коллектор атрофидаги бўш ерларни аҳоли ва тадбиркорларга бериш бўйича қарор қабул қилинган.

Лекин, ер балансида сув фонди ерларининг бор-йўғи 0,3 фоизи экин ери сифатида кўрсатилган. Бу ҳақиқий аҳволдан йироқлиги, зеро сув хўжалигида ерларнинг аксариятида эгалик ҳужжати мавжуд эмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Аслида, сув фонди ерларидан қўшимча иқтисодий самара олишнинг бирдан бир йўли – уларни тўлиқ кадастрдан ўтказиш. Бу иш ўрнига ҳам, озиқ-овқат учун ҳам қўшимча захира бўлади.

Мутасаддиларга сув фонди ерларини тартибга солиш бўйича тегишли топшириқлар берилди.

Ҳокимларга сув фонди кадастри қачон тўлиқ бўлади, деб кутиб ўтирмасдан, ҳужжати тайёр бўлган бўш ерларни аҳолига экспортбоп экин экиш учун бўлиб бериш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter