Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
976 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#onatilimfaxrim
#Kadastr #Buxoro

QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!

⭐️ Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini #onatilimfaxrim chorlovi orqali ifoda etishmoqda.

Qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.

📢 Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Bartaraf

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan shaharning Gazli shossesi hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 110 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

🗺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning o‘zida) belgilanmagan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilmagan holda foydalanilgan yer uchastkasi.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot

📝 Qonunchilikka ko'ra, soliq to'lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.

⚠️ Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

😎 qimmatli qog'ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);

😎 noturar joylarni;

😎 36 kalendar oydan kam muddatda soliq to'lovchining mulkida bo'lgan turar joylarni.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Gijduvon_tumani

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi G‘ijduvon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 9 oyi davomida 39 ta holatda 2,2 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

🤔 Shundan 0,7 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝 16 ta holatda 1,3 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. 8 ta holatda sud tomonidan da'vo arizalari qanoatlantirilgan. Ayni vaqtda qolgan da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰 11 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 122 nafar qonunbuzar shaxslarga 548,91 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_hisobini_yuritish
#UzKad #Kadastr #Buxoro

🌟Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimi A.Halimov Buxoro viloyatining barcha tuman va shahar filiallarida yer hisobini yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

😎Xususan, hududlarda UzKad dasturiga kiritilgan yer maydonlarini hisobga olishda amaldagi qonun va qarorlar asosida ish tashkil etish, dasturga kiritilgan yer fondi toifalari va ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqqan holda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilmoqda.

😎Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisoboti"ni belgilangan muddatda yakunlash va tasdiqlatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar ham berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onatilimfaxrim #Kadastr
#Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari Jondor tuman bo‘lim(filial)i binosida 21-oktabr – «O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi» munosabati bilan "Til —millat ko‘zgusi" nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun javobgarlik mavjud.

Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan;

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;

Mansabdor shaxslarga ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari Jondor tuman bo‘lim(filial)i binosida 21-oktabr – «O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi» munosabati bilan "Til —millat ko‘zgusi" nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_pasporti
#Kadastr #Buxoro

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallariga joriy yilning 13—19-oktabr kunlari davomida kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha infografik ma'lumot

Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ona tilim - g'ururim, iftixorim!

⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalarida 21-oktabr - "Ozbek tili bayrami" ni munosib nishonlash barobarida "Ona tilim - faxrim" shiori ostidagi ommaviy tashabbusda ham faol ishtirok etdilar.

🌐 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda kadastr tizimi xodimlari masofalarga qaramay davlat bayramini o'zaro hamjihatlikda, birlikda va o'zgacha kayfiyatda kutib olganini ko'rishingiz mumkin.

▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_Biz_haqimizda
#Kadastr #Buxoro

Buxorodagi noqonuniy qurilishlar buzilmoqda

Buxoro viloyatida viloyat hokimligi, prokuratura, Kadastr agentligi, majburiy ijro byurosi, viloyat qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli xizmatlar hamkorligida hududdagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari boshlandi.

— Tanlov g‘olibi bo‘lmasdan, shahar va tuman hokimlarining qarori bo‘lmasdan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olish yoki shu o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonida bino-inshoot qurib yashash, savdo faoliyatini amalga oshirishga qonun doirasida yo‘l qo‘yilmaydi, — deydi Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi boshlig‘i Mo‘min Qodirov. – 92 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, shundan 61 ta holatda da’vo arizalari qanoatlantirildi. Yer fuqaroga tegishli bo‘lsa, fuqaro tegishli tashkilotlardan ruxsatni olib, aniq loyihalashtirilgan holda qurishni boshlashi kerak.

💠 Batafsil: UzA maqolasida

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot


📁 Maʼmuriy jarimalarni to‘lashdagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardormisiz?

📝 Amaldagi tartibga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

‼️Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

😎Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

😎xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallari tomonidan 2023-yilning 9–14-oktabr kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot
#Kadastr #Buxoro

Buxoroda 9 oy ichida yer va kadastr sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun 1398 ta holatda maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi

⭐️ Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman bo‘limlari tomonidan maʼmuriy bayonnomalar MjTKning quyidagi moddalari bilan rasmiylashtirilgan:

😎294 ta 60-modda 2-qismi bilan (Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎85 ta 60-modda 3-qismi bilan (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish);

😎16 ta 60 (prim) 1-moddasi bilan (Sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);

😎16 ta 68-modda 1-qismi bilan (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish);

😎987 ta holatda 68 (prim) 1-moddasi bilan (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) holatlari bo'yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Kadastr
#Dolzarb_mavzu #Buxoro

Buxoro viloyatida viloyat hokimligi, prokuratura, Kadastr agentligi, majburiy ijro byurosi, viloyat qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli xizmatlar hamkorligida hududdagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari boshlandi.

"Dolzarb mavzu" ko‘rsatuvining navbatdagi soni mazkur masalaga bag‘ishlandi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM