#Bilasizmi❓
Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
▪️ davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarori;
▪️ meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial idora tomonidan berilgan guvohnoma;
▪️ auksion asosida sotib olinganligi to‘g‘risidagi davlat orderi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Bartaraf
⭐️ Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan shaharning Narshaxiy MFY Vasfiy ko‘chasi hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqarolar tomonidan 30 hamda 35 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.
😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.
✅ Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro #Bartaraf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
Uy-joyni kadastr qilgandan keyin yana qo‘shimcha qurilish ishlari amalga oshirilganda kadastr hujjatiga o‘zgartirish kiritiladimi?
✅ Kadastr hujjatlari tayyorlangan turar-joyda kelishilgan loyiha va belgilangan ruxsatnoma asosida qo‘shimcha qurilgan uy-joyni ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish zarur bo‘ladi. Bunda mavjud kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritilib, yangilab beriladi.
▪️ Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi. Shundan so‘ng qo‘shimcha qurilgan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Uy-joyni kadastr qilgandan keyin yana qo‘shimcha qurilish ishlari amalga oshirilganda kadastr hujjatiga o‘zgartirish kiritiladimi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
✅ Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:
🔹 kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
🔺 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
🔺 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
🔺 rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
🔺 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);
💠 ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
🔹 fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
🔹 tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Aholining uy-joy bilan taʼminlanish darajasi yuqori hudud
🏢Respublika boʻyicha jami kvartira (uy)lar sonida yakka tartibdagi uy-joylarning ulushi esa 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, kvartira (uy)lar soni 7 301,2 ming taga yetib, shundan 79,9 foizi (yoki 5 836,7 ming ta) yakka tartibdagi uy-joylar ulushiga toʻgʻri keldi.
▫️ O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat maydonga qancha aholi to‘g‘ri keladi?
▫️ Yurtimizda 84,8 % uy xo‘jaliklari hovlida yashaydi
▫️ Respublikamizda qancha uy (kvartira) bor?
▫️ Respublikamizda bajarilgan qurilish ishlari
▫️ Qurilish ishlari hajmida hududlar ulushi
▫️ 6 oyda 68,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan
#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
Huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi?
‼️ Yo‘q
✅ Ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mazkur mulkka oid huquqiy hujjatlar (yer ajratish qarori, oldi-sotdi shartnomasi, meros guvohnomasi, hadya shartnomasi) mavjud bo'lgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun murojaat yo'llash mumkin.
📝 Murojaat yuborilgach ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
#Huquqiy_asos
⚡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir
📝 Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
▪️ Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.
▪️ Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
❗️ Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquq egalari uchun majburiydir.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Huquqiy_asos
📝 Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
#Javobgarlik
📝 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—
🔹 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari
🔹 mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Javobgarlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
🧷 Hurmatli Buxoro tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!
💬 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 16-sentabr, soat 10:00 dan
📍 Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro tumani Oybek MFY binosida
☎️ Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_pasporti
#Kadastr #Buxoro
💫 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan joriy yilning 4-14-sentabr kunlari davomida kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida infografik ma'lumot
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
📝 Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
💻 Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.
🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
🔹 ko‘p qavatli uydagi xonadon – 3 ish kunigacha;
🔺 yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;
💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
⏳ Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar #Kadastr
#Buxoro
⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalar xodimlari uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini davlat fuqarolik xizmatchilariga tushuntirish yuzasidan o’quv seminar o’tkazildi.
🔻 Mazkur o‘quv seminarida boshqarmalarining tuman, shahar bo‘lim(filial)lari xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi. Shuningdek, yig’ilish kun tartibiga qo’shimcha ravishda boshqarmada va tuman (shahar) filiallarida xodimlarning tasdiqlangan odob axloq qoidalariga rioya etilishining holati va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar masalasi muhokama qilindi.
💠 Tadbir davomida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, jumladan, undagi normalarning davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalindi. Shuningdek, ma'sullar tomonidan “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” kabi maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga daxlsizlik, mahalliychilik kabi salbiy illatlarning oldini olish to‘g‘risida aytib o‘tildi.
🔹 Yig‘ilishda xodimlarning odob-axloq va ichki mehnat-tartib qoidalariga amal qilish, ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, kiyinish madaniyatiga rioya etish kabi masalalar yana bir bor uqtirildi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
🔰 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 250 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM