Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#savol_javob #murojaatlar #foydali

📩 O'zimga tegishli bo'lgan daraxtlarni ham kadastr hujjatlarini tayyorlash mumkinmi?

Ha, albatta ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin.

👨‍💻Buning uchun arizachi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali (https://my.gov.uz/oz/service/667) orqali ariza yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash 5 ish kunida.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 2 ish kunida.

🪙 Xizmat narxi
BHMning 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun BHMning 7 foizini tashkil qiladi.

Asos: 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi «Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 535-sonli qarori

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #murojaatlar #foydali

📩 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kechiktirilgan bo‘lsa ya’ni o‘z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa, mulk egasi kadastr idoralari tomonidan jarimaga tortiladimi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga asosan 👍Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) boʻlimi inspektorlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik holati boʻyicha jarima qoʻllash vakolati berilgan.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 68-prim 1-moddasiga asosan jarima miqdori fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravarini tashkil etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM