Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.7K photos
988 videos
1 file
4.11K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
🔤Kadastr atamalari🔤

➡️ Elektron onlayn-auksion — savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini realizatsiya qilish (ijaraga berish) bo‘yicha narxni oshirib borish tamoyilida onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_asos
#Kadastr #Qonunchilik

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer va dehqon xo'jaligini yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat ko'rsatish, jamoa bog'dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to'sqinlik qilish, - mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Ijtimoiy_rolik

🏡🏢 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

📹 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

❗️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

Telegram | Facebook | Instagram
#savol_javob #murojaatlar #foydali

📩 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kechiktirilgan bo‘lsa ya’ni o‘z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa, mulk egasi kadastr idoralari tomonidan jarimaga tortiladimi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga asosan 👍Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) boʻlimi inspektorlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik holati boʻyicha jarima qoʻllash vakolati berilgan.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 68-prim 1-moddasiga asosan jarima miqdori fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravarini tashkil etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 17–23-may kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 801 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 224 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 1 151 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #foydali_ma'lumot

🪙 Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi

💠 kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

💠 ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Asos: 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati #Live

▪️ Ayni paytda, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Vobkent tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusidagi navbatdagi davra suhbati o‘tkazilmoqda.

▪️ Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari S.Abdullayev hamda M.Xidirov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida kadastr tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida joriy qilinayotgan yangi tartiblar haqida tushuntirish berilmoqda.

▪️ Davra suhbati davomida xodimlaridan ham o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan muloqot jarayonida ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiste’mol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini alohida uqtirildi.

▪️
Mazkur mavzudagi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Tabrik
#Bitiruvchilar_kuni

Qadrli bitiruvchilar!

Barchangizni beg‘ubor o‘quvchilik yillaringizni ortda qoldirib, hayotingizning yangi, yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Muhtaram prezidentimiz takidlaganlaridek, Sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi O‘zbekiston, yangi Renessans bunyodkorisiz.

Xalqimizning ana shunday yuksak ishonchiga doimo munosib bo‘ling!
Sizlarning o‘z oldingizga yuqori maqsadlar qo‘yib, vaqtingizni behuda o‘tkazmay, doimo bilim va ko‘nikmalaringizni oshirib borishingiz, yangi kasb-hunarlarni egallashingiz va eng asosiysi o‘z maqsadingiz sari tinmay harakat qilishingiz albatta kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz garovidir.
O‘rganish, izlanish va intilishdan aslo to‘xtamang!

Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul

🔊 Hurmatli Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 27-may, soat 15:00 dan

📍Manzil: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, "Xatcha" MFY binosida

📱Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DKP_statistika
#Kadastr_pasporti

🏢 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 18–24-may kunlari davomida respublika bo‘yicha 5 952 ta kadastr pasporti tayyorlangan. Fuqarolardan kelib tushgan jami arizalar esa, 17 272 tani tashkil qilgan.

Shundan Buxoro viloyati bo‘yicha fuqarolarning murojaatlariga asosan 234 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

🔹 Batafsil ma’lumotlarni mazkur videoinfografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
▪️DIQQAT E’LON!▪️

▶️ Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar!

◼️ Uztelecom AKning magistral tarmoqlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgani sababli Davlat kadastrlari palatasi xizmatlariga oid "subsidiya.idm.uz" elektron savdo platformasida ma’lumotlar uzatishda hamda Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mygov.uz orqali kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi to‘lovlarda ham kamchiliklar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Gullar_festivali
#Live #Buxoro

Ayni paytda, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan Gullar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram