Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.7K photos
986 videos
1 file
4.11K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

📌 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining Romitan tuman bo‘lim (filial)i xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Abdullayev ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

▪️ Davra suhbatida xodimlarga korrupsion faoliyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. O‘tkazilayotgan xizmat tekshiruvlari jarayonida xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatish madaniyatida hamda fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashda kuzatilayotgan bir qator kamchiliklar muhokama qilindi.

▪️Shuningdek, xodimlar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, kiyinish madaniyatiga rioya etish kabi masalalar bo‘yicha ogohlantirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Kadastr atamalari▪️

➡️ Kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasidir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Live

Ayni paytda, Shofirkon tumanidagi "Quyi chuqurak" mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Yashin Habibov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joyga egalik huquqini tiklash, yer ajratish kabi masalar yuzasidan murojaatlari tinglanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев оила аъзолари билан бирга Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек туманидаги 59-референдум участкасига ташриф буюриб, референдумда овоз берди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи посетил 59-й участок референдума в Мирзо-Улугбекском районе города Ташкента и проголосовал на референдуме.

#Mirziyoyev #referendum #Konstitutsiya #ovozberish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚖️ Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

▫️ yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
▫️ yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
▫️ yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
▫️ yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi;
▫️ yer uchastkasi maydoni (gektarda);
▫️ yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
▫️yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
▫️ qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
▫️ umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
▫️ mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
▫️ yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
▫️ yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
▫️ yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

➡️Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari to‘liq ko‘rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

Har bir murojaat e’tiborda

🔰 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan yurtdoshlarimizning sohaga oid murojaatlariga yechim izlash, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

▪️ Navbatdagi jonli muloqot Vobkent tumanida tashkil qilindi. Sayyor qabulda Kadastr agentligi va davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari mutasaddilaridan tashqari Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Abdullayev ham ishtirok etdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram