Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
▪️Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi ▪️

⚜️ 2022-yil 11-noyabrda "Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qarori mavjud.

📁 Mazkur infografikada qarorga asosan, xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun to'lovning taqsimlanish tartibida bo'lgan o'zgarishlar haqida bilib olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.02.2023 yildagi 50-son qarori bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

◼️ Nizomga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish obyekti hisoblanadi.

◼️ Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.

◼️ Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:

- yerning tuzilishi buzilmagan;
- antropogen ta’sirda buzilgan;
- degradatsiyaga uchramagan;
- kuchsiz degradatsiyalangan;
- o‘rta degradatsiyalangan;
- kuchli degradatsiyalangan;
- o‘ta kuchli degradatsiyalangan.

◼️ Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.

◼️ Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Olib qo‘yilgan yerdagi dov-daraxtlarning bozor qiymati qoplab beriladi▪️

⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkning bozor qiymati;
▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi mustasno);
▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasidagi ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️ yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda;

Bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi;

▪️ huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

💰 Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

▫️ o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;

▫️ mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

📰 Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:

✔️ ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
✔️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
✔️ ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
✔️ nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
✔️ qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar ko'chmas mulk obyekti manzilni o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi:

▫️ obyektning ma’muriy-hududiy mansubligi o‘zgarishi (tashkil etilishi, o‘zgartirilishi, tugatilishi va shu kabilar);
▫️ ko‘cha-yo‘l tarmog‘i elementlarining bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi;
▫️ qurilgan yer uchastkasi chegaralari o‘zgarganda qurilgan yer uchastkasi geokodining o‘zgarishi (uchastka kadastr raqami uning konturi chegarasidan chiqib ketgan taqdirda uning maydonini bo‘lish yoki qo‘shib yuborish);▫️- qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan binolar va inshootlar ichki manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgarishi;
▫️ qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining unda joylashgan tugallanmagan qurilishlar manzillari mavjudligi bekor qilinishi bilan bog‘liq o‘zgarishi, yer uchastkasining qurilganligicha qolishi sharti bilan;
▫️ binolar va inshootlardagi alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shilishi munosabati bilan o‘zgarishi;
▫️ qurilgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar manzillarining ularning bo‘linishi, qo‘shib yuborilishi munosabati bilan o‘zgarishi;
▫️ alohida ajratilgan xonalar ichki manzillarining alohida ajratilgan xonalarning qayta raqamlanishi munosabati bilan o‘zgarishi — alohida xona(lar)ning bo‘linishi natijasida, shuningdek, asosiy imorat (bino, inshoot)ning ustiga, yoniga alohida xona qurilishi yoki undan ajratilishi natijasida ko‘p sonli alohida ajratilgan xonalar paydo bo‘lgan taqdirda;
▫️ asosiy imoratning obyekt geokodi o‘zgarishiga olib kelgan o‘zgarishi;
▫️ manzillarning me’yorlashtirilishi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

📃 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

▪️ ariza vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
▪️ hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan yoki belgilangan tartibda taqdim etilmagan bo‘lsa;
▪️ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa;
▪️ noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa (bundan texnik xatolar mustasno);
▪️ vositachilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar huquqni belgilovchi hujjatlarga muvofiq bo‘lmasa;
▪️ davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni bir-biriga zid bo‘lsa;
▪️ arizada ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun bilan taqiqlangan bo‘lsa.

👔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi rad etgan taqdirda, ular rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda vositachilarga qaytariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xonalar qanday raqamlanadi ?▪️

⚜️ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi 1010-son qaroriga ko'ra alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.

◼️Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi.

◼️ Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.

◼️ Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM