Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Kadastr #Komplayens_nazorati
#Buxoro

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!

🔰 Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering!

📲 Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining komplayens-nazorati xizmatining +998 88-238-45-45 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi.

Telegram |Facebook |Instagram
#Kadastr #Buxoro

Faoliyat tanqidiy muhokama qilindi

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov boshchiligida agentlikning tuman va shahar bo‘limlari xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig'ilish tashkil etildi.

▪️ Unda Yer qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida viloyat Prokuraturasining taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

▪️Shuningdek, yig‘ilishda Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlari ahvoli tahlil qilindi.

▪️Yig‘ilish ishtirokchilariga vakolat doirasida yer qonun buzilishi holatlarini erta aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni keskin kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul
#Live

📸 Ayni paytda Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i Yashin Habibov hamda tizim mutasaddilari ishtirokida Peshku tumanidagi «Zandani» MFY binosida hudud aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

📝 Qabulda mas'ullar tomonidan fuqarolarning uy-joyning kadastr hujjatlarini tayyorlash, yer maydonlarini ajratish tartibi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida uchrayotgan muammolar, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va boshqa muammolar hamda sohaga doir boshqa murojaatlari eshitilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Olib qo‘yilgan yerdagi dov-daraxtlarning bozor qiymati qoplab beriladi▪️

⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkning bozor qiymati;
▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi mustasno);
▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasidagi ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️ yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda;

Bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi;

▪️ huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

📹 Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr

🌍 OAV biz haqimizda

🫥 24-fevral O'zbekiston Milliy matbuot markazida o'tkazilgan matbuot anjumani "O'zbekiston24" telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida

➡️Batafsil videoda

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yer uchastkalari auksion savdolariga quyidagi mulk huquqi asosida chiqariladi

▪️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

▪️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #huquqiy_axborot

🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

▪️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

Korrupsiyadan holi tizim barpo etish asosiy maqsad

🔹 Ayni paytda, Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi M.Xidirov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning navbatdagisi Kogon tuman va Kogon shahar xodimlari ishtirokida o‘tkazilmoqda.

🔹 Unda bo‘lim va filial xodimlariga korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

🔹 Sohada firibgarlik va tamagirlik kabi illatlarni butunlay yoʻqotish uchun har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi zarurligi tushuntirildi.

🔹 Shuningdek, boshqarma yuridik bo‘limi boshlig‘i R.Baxronov tomonidan qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgarishlar, murojaatlarda muddat buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki tartib, odob-axloq qoidalariga amal qilish kabi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Auksion
#Statistika_DKP

🏢 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023-yil 21-27-fevral kunlarida auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qildi.

📃Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha mazkur muddatda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 161 ta yer uchastkasi e-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilgan. Shundan 0,69 gektar maydondagi 8 ta yer uchastkasi Buxoro viloyatidan savdoga chiqarilgan.

❗️ Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz platformasidagi savdolarda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
#TEST

Dehqonchilik uchun yerlar aholiga qancha muddatga ijaraga beriladi?
Anonymous Quiz
28%
10 yilga
10%
15 yilga
57%
30 yilga
5%
Cheksiz muddatga
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

⁉️Mahalla va ko‘chalarga boshqa nom berish uchun aholi qayerga murojaat qilish kerak?

Geografik obyektlarga nom berishda aholi fikri albatta inobatga olinadi. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bilan buning tartibi aniqlashtirildi.

➡️ Batafsil "Kun.uz" lavhasi orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 1-martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

▪️ Hududlarni bir-biri bilan bog‘lash maqsadida yangi yo‘llarda muntazam aviaqatnovlar boshlandi 👉 Batafsil

▪️Milliy sport turlari bo‘yicha umumrespublika sport musobaqalari o‘tkaziladi 👉 Batafsil

▪️Unitar korxona shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi 👉 Batafsil

▪️Soliq to‘lovchilar sayyor soliq tekshiruvlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin bo‘ladi 👉 Batafsil

▪️Yuridik shaxslarga my.gov.uz orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi 👉 Batafsil

▪️Qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi 👉 Batafsil

▪️Ayrim davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishi to‘xtatiladi 👉 Batafsil

▪️Tadbirkorlar soliq qarzini foizlarsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi 👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram