Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
977 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi
#Xususiy_mulk #Huquqiy_asos

Xususiy mulk miqdori cheklanganmi?

Xususiy mulk huquqi shaxsning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

▪️Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

▪️Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli.

▪️U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram