Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.68K photos
983 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

Arxiv hujjatlari raqamlashtirildi

🌟 Buxoro viloyatida jami 520 ming 424 ta yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan yakka tartibdagi turar-joy obyektlari, ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar va noturar-joy obyektlari mavjud. O‘tgan 2022-yil yakuniga qadar 518 539 ta obyektning hujjatlari kadastrning yagona elektron arxivi bazasiga kiritildi. Hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta’minlandi.

💬 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot #Yer_nazorati
#Kadastr #Buxoro #Infografika

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida yer qonun buzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralarning tuman va shaharlar kesimidagi tahlili bilan infografikada tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilib_olgan_yaxshi
#Kadastr_pasporti

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

✔️ Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

💻 Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP(my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

📝Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Yer_nazorati
#Javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—

▪️fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari

▪️mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish

👍 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha joriy yilning 5-10-yanvar kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📁 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 586 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 209 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 933 tani tashkil etgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
⭕️⭕️⭕️
Yurtdoshlarimiz kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun sovuqda yurishlari shart emas!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

📃 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

✅️yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);
✅️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
✅️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
✅️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
✅️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

⚜️ “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y. Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun asoslar (3-bob, 17-modda)).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Infografika

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan o'tgan 2022-yil davomida jami 883 ta holatda 135,6 gektar yer maydonlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy egallab olingani aniqlandi.

❗️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar.

▪️ Bartaraf etish yuzasidan yuborilgan yozma ko'rsatmalar 883 ta 135,6 gektar.

▪️ Qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etilganlar 230 ta 88,77 gektar.

▪️ Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga kiritilgan da'vo arizalar 653 ta 46,84 gektar.

Qo'shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan holatlar 30 ta 6,4 gektar.

Telegram | Facebook | Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

🔰 Yerdan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta’minlash ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Zero, amaldagi qonunlarimizda yerni o‘zboshimchalik bilan egallaganlik, undan xo‘jasizlarcha foydalanganlik va yer hisobini yuritishdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

▪️Yerga oid qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan joylarda yer va kadastr nazoratchilari tomonidan aniqlangan qonun buzilish holatlari va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada Buxoro viloyatida yer kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Yashin Habibov Uza.uz sayti muxbiriga so‘zlab berdi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
#foydali_maslahat #kadastr

⚡️ Foydali maʼlumot⚡️

«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Bilasizmi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali yoxud ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Tabrik #14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun xizmat qilayotgan barcha vatan himoyachilarini tabriklaymiz.

Vatanimiz himoyasi, sarhadlarimiz daxlsizligi, chegaralarimiz mustahkamligiyu, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti baquvvat, qat’iyatli va jasur o‘g‘lonlarning himoyasida ekanligi faxrlanishga arziydi.

Vatan tinchligini asrash, uni himoya qilish — mana shu yurtning har bir fuqarosi uchun eng muqaddas burchdir!

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi barchani Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etadi!

Telegram | Facebook | Instagram
#foydali_malumot #kadastr

⚡️ Foydali maʼlumot⚡️

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
243-moddasiga binoan kadastr pasportini tayyorlash xizmatlari narxidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) olinmaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Bilasizmi
#Xususiy_mulk #Huquqiy_asos

Xususiy mulk miqdori cheklanganmi?

Xususiy mulk huquqi shaxsning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

▪️Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

▪️Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli.

▪️U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #hisobot

⚡️2022-yilda Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar.

📌 “Davreestr”, “Ko‘chmas mulk”, “Ko‘chmas mulk-3” axborot tizimlari o‘rniga Jahon banki bilan hamkorlikda Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi (UZKAD) ishga tushirildi.

📌“ArcGIS” dasturida onlayn geoportal ishga tushirildi.

📌“E-YER NAZORAT” AAT to‘liq ishga tushirilib, Bosh prokuraturaning “E-Material” axborot tizimi va IIVning “E-ma‘muriy ish” axborot tizimi bilan maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

📹Batafsil videoda

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Auksion

⚡️ Buxoro viloyati hududidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 3 000 dan ortiq yer uchastkalari E-auksion.uz savdolarida sotilmoqda.

▪️ Olot tumanida 527 ta (ko‘rish)
▪️ Buxoro tumanida 314 ta (ko‘rish)
▪️ Vobkent tumanida 198 ta (ko‘rish)
▪️ G‘ijduvon tumanida 264 ta (ko‘rish)
▪️ Kogon tumanida 118 ta (ko‘rish)
▪️ Qorako‘l tumanida 318 ta (ko‘rish)
▪️Qorovulbozor tumanida 137 ta (ko‘rish)
▪️ Peshko‘ tumanida 69 ta (ko‘rish)
▪️ Romitan tumanida 262 ta (ko‘rish)
▪️ Jondor tumanida 344 ta (ko‘rish)
▪️ Shofirkon tumanida 367 ta (ko‘rish)
▪️ Buxoro shahrida 4 ta (ko‘rish)
▪️ Kogon shahrida 129 ta (ko‘rish)

📹 Auksion savdolarida qatnashish tartibini o'rganish (video)

"E-AUKSION" mobil ilovasini yuklab oling!
⬇️App Store ⬇️Google Play

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

◼️ O'zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga

- ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p qavatli uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali;
- voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.

❗️ Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalarga kvartiralar ko‘p qavatli uylarning 3-qavatigacha ajratiladi.

📝 Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga to‘lgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.

⚜️Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Qonun ( PQ - 5216, 09.08.2021y)

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Buxoro_tumani

BUXORO TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2022-YIL DAVOMIDA 88 TA YER QONUN BUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2022-yil davomida 88 ta holatda 54,90 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

❇️ Shundan 50,22 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

❇️ 84 ta holatda 4,68 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan. 20 ta da’vo arizalari qanoatlantirilgan.

🟩 Yer qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan 262 nafar qonunbuzar shaxslarga 1 mlrd. 684 mln. 200 ming so’m jarimalar qo‘llanilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

🌟Kadastr maslahatchi rubrikasi ish boshladi.

➡️Mazkur rubrika aholining kadastr masalalari bo'yicha savollariga javob berish maqsadida ishga tushirildi va maxsus telegram bot yaratildi. (Sinov tarzida ishlamoqda)

⁉️ Savollaringiz bo'lsa 🌐 @kadastr_maslahatchi_bot orqali bizga yo'llang.

‼️ Agarda savol emas murojaat yo'llamoqchi bo'lsangiz 📞1097 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DXMdagi xizmatlarimiz▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining bir qancha xizmatlari aynan Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

♻️ Mazkur ma’lumotlar jamlanmasida siz kadastr pasportingiz yo‘qolganda uni tiklash uchun qanday yo‘l tutishingiz lozimligi tartiblari batafsil keltirilgan.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM