Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.69K photos
984 videos
1 file
4.1K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Savol_javob
#Kadastr

SAVOL

Yaqinda qo‘shnim kadastr hujjatini har 5 yilda yangilab turish kerak ekan deb aytdi. Men kadastrimni 2015-yilda qildirganman. Xozir kadastrimni yangilashim kerakmi?

JAVOB

Yo‘q. Har 5 yilda kadastrni yangilash kerak degan holat respublikamiz qonunchiligida mavjud emas.

Kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🫥 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🫥 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda;

🫥 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🫥 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🫥 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🫥 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🫥 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #orq_803

QANDAY HUQUQLAR YOKI CHEKLOVLAR DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZILADI?!

📝 “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

➡️ Qonunning to'liq hajmi

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi⁉️

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

📝 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali yoxud ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

⚠️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤Kadastr atamalari🔤

🔤 Geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

📺 Peshko‘ tumanida aholining kadastr sohasidagi murojaatlari qanday hal qilinayotgani haqida hikoya qiluvchi lavha «Buxoro» telekanalining «Diyor yangiliklari» dasturida efirga uzatildi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

Buxoroda qancha yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan?

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman, shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan 2022-yilning 11 oyi davomida viloyatda 864 ta holatda 135,1 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.

👉 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬Yer tuzishda asosiy atamalar💬

Bo‘z yerlar - muntazam ekin ekib kelingan, bir yil va undan ortiq davrda (kuzdan-kuzgacha) haydalmagan va foydalanilmay qolgan yerlarga aytiladi.

Tutzorlar - tut bargi hamda tut ko‘chati yetishtirish uchun ekilgan tut plantatsiyalari

Yaylovlar - qishloq xo‘jaligida chorva mollarni uzluksiz boqish uchun foydalaniladigan yerlar

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro #Murojaatlar

Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan yurtdoshlarimizning sohaga oid murojaatlari yechimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa aholi va tadbirkorlarning sohaga oid muammolarini tezda bartaraf qilinishida ahamiyatli.

👉 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika
#Davlat_royxatidan_otkazish

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil 14-21-dekabr kunlaridagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

🫥 O'tgan vaqt oralig‘ida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obyektlar soni umumiy 11 473 tani tashkil etdi. Mazkur muddatda Buxoro viloyatida 412 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa 1 275 tani tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obyektni takroran yuborish, arizada kadastr raqamini xato kiritish, huquqni belgilovchi hujjatlarni to‘liq taqdim etmaslik, huquqiy hujjatda ajratilgan yer maydonidan ortiqcha yer maydoniga qurilish qilgan holda ariza kiritish kabi holatlar uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi

🔰 Amaldagi tartibga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion savdolari orqali sotib olganda auksion g‘olibi sotib olish qiymatini 3 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

💰“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)

♻️ Kadastr yig'majildini shakllantirish uchun ushbular asos bo'ladi👆

▫️Qonun haqida batafsil👈

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion

⚡️Tadbirkorlikni kengaytirish yoki endi boshlamoqchi boʻlganlar diqqatiga!

Buxoro viloyati bo'yicha 3059 ta yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun E-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilgan.

📍 Buxoro shahridan 4 ta (ko'rish)
📍 Buxoro tumanidan 316 ta (ko'rish)
📍 Kogon shahridan 130 ta (ko'rish)
📍 Kogon tumanidan 112 ta (ko'rish)
📍 Vobkent tumanidan 200 ta (ko'rish)
📍 Romitan tumanidan 262 ta (ko'rish)
📍 G'ijduvon tumanidan 266 ta (ko'rish)
📍 Jondor tumanidan 344 ta (ko'rish)
📍 Shofirkon tumanidan 367 ta (ko'rish)
📍 Peshko' tumanidan 69 ta (ko'rish)
📍 Qorovulbozor tumanidan 138 ta (ko'rish)
📍 Qorako'l tumanidan 322 ta (ko'rish)
📍 Olot tumanidan 529 ta (ko'rish)

"E-AUKSION" mobil ilovasini yuklab oling!
⬇️App Store ⬇️Google Play


🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT E’LON!📣

🌟Davlat kadastrlari palatasi ushbu bilan quyidagilarni ma’lum qiladi.

▶️ Kadastr xizmatlariga integratsiya qilingan bankning xabar qilishicha, kadastr xizmatlariga aloqador MUNIS (banklararo universal tarmoqli axborot tizimi) dasturi orqali amalga oshiriladigan bank operatsiyalari 2022-yilning 25-dekabridan 2023-yilning 5-yanvariga qadar vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi. Ya’ni notarial tartibda rasmiylashtirilgan bitimlarga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan to‘lovlarni aynan notarial idoralar orqali yoki PAYME elektron dasturi orqali amalga oshirishning imkoni cheklanadi.

Shu munosabat bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat arizalari hamda to‘lovlarni VAQTINCHALIK Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

▪️Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kunuz #Kadastr #Buxoro

Buxoroda yer qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jarimalar 7 mlrd so‘mdan oshdi

So‘nggi 11 oyi davomida viloyatda 2,5 mingga yaqin qonunbuzarliklar qayd etilgan. Bu haqida Kun.uz'ga Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.


💬 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro

Buxoroda mahallalarning topografik xaritalari tayyorlanmoqda

🌟Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasining "Topografik va kartografik materiallarni tayyorlash sektori" tomonidan joriy yilda jami 341 gektar yer maydoniga umumiy qiymati 301 926 423 so‘mlik topografik xizmatlar ko‘rsatilgan.

💬 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️2023-yil uchun dam olish kunlari ▪️

⚜️ Prezidentning tegishli
farmoniga ko'ra, 2023-yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi:

😄Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat'i nazar):

2-yanvar — dushanba;
30-iyun — juma.

😄Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

3-yanvar — seshanba;
20-mart — dushanba;
22-mart — chorshanba;
24-aprel — dushanba;
1-iyul — shanba;
2-sentabr — shanba;
30-dekabr — shanba.

😄Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko'chiriladi:

7-yanvar — shanba kunidan 3-yanvar — seshanba kuniga;
11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;
25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga;
29-aprel — shanba kunidan 24-aprel — dushanba kuniga.

#DavKadastrPalata #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro #Murojaatlar

Murojaatlar doimo nazoratda

⭐️– Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasiga joriy yilning o‘tgan davrida jami 541 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 158 tasi yozma, 263 tasi elektron murojaatlardir, – deydi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i Iroda Odinayeva.

👉 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

📝 Kadastr sohasiga oid murojaatlaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-dekabr kuni soat 10.00 dan sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

⭐️ Sayyor qabul Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Jondor tumani, «Yangiobod» MFY binosi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Buxoro #Murojaatlar

Har bir mahallaning aniq chegarasi belgilanadi

🌟 Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasining "Topografik va kartografik materiallarni tayyorlash sektori" tomonidan joriy yilda jami 341 gektar yer maydoniga umumiy qiymati 301 million 926 ming 423 so‘mlik topografik xizmatlar ko‘rsatilgan.

👉 Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM