Buxoro Kadastr ️
1.38K subscribers
6.11K photos
1.06K videos
1 file
4.4K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

Dehqonchilik uchun yerlar aholiga 30 yilga ijaraga beriladi

«Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–373-son, 10.09.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 2022 yil yakunigacha qo‘shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023 yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

🔰 Bunda ekin maydonlari 30 yil muddatga:

▫️suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda;

▫️kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ijaraga beriladi.

📝 2022–2023 yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun o‘tkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.

☑️ Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xo‘jaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini o‘rnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.

📌 «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan aholiga dehqon xo‘jaligi uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yilga saqlab qolinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
#tabrik

🇺🇿Bugun kadastr sohasida o‘z o‘rniga ega, minglab shogirdlarga ustozlik qilgan va kuni kecha Toshkent axborot texnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Davlat tashkilotlarining arxiv faoliyatini axborot-hujjatli va metrologik taʼminlash usullari, modellari va algoritmlari” mavzusi bo‘yicha texnika fanlari doktori (dsc) dissertatsiyasini himoya qilgan ustozimiz Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari – “Geoinnovatsiya markazi” DUK direktori Abdullayev Abdushukur Hamidovichni tavallud topgan kunlari.

💐Shu munosabat bilan Kadastr agentligi oilasi va barcha tizim tashkilot xodimlarimiz nomidan ustozni muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog'lik tilaymiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Infografika

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olish tartibi haqida yuqoridagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Auksion

📌 Buxoro viloyatida 10500 dan ziyod mol-mulklar e-auksion.uz savdolarida sotilmoqda!!!

🔸
Davlat aktivlari 28 ta ✔️
🔹 Davlat mulkini ijaraga berish 863 ta ✔️
🔸 Dehqon xo'jaligi yerlari ijarasi 3975 ta ✔️
🔹 Yer uchastkalari 3550 ta ✔️
Tadbirkorlik va shaharsozlik yerlar 3069 ta ✔️
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar 6 ta ✔️
Ko'p qavatli uy-joy qurish uchun yerlar 12 ta ✔️
Yoshlar sanoat zonalari 272 ta ✔️
Kichik sanoat zonalari 170 ta ✔️
Erkin iqtisodiy zonalari 16 ta ✔️
Nodavlat umumta'lim va MTM 5 ta ✔️
🔹 Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi 35 ta ✔️
🔸 Ko'chmas mulk 54 ta ✔️
🔹 Avtotransport 145 ta ✔️
🔸 Ko‘chma savdo joylari 1895 ta ✔️
🔹 Maxsus texnikalar 22 ta ✔️
🔸 Bankrotlik bo'yicha 63 ta ✔️
🔹 Boshqa mulklar 30 ta ✔️


👉Savdolarda qatnashish uchun qo'llanma (ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #YERELEKTRON

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 22-sonli bayoniga asosan 2022-yilda quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarining elektron-auksion savdolariga chiqarish holati yuzasidan "YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilgan.

📄"YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilganlar soni 371 tani tashkil qiladi.

📌Shundan Yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan soni 18 ta maydoni 0,95 gektar ochiq elektron savdolariga chiqarilgan.

📄Shuningdek auksion savdolarida sotilganlar soni 165 ta maydoni 10,66 gektar sotilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#OAV_biz_haqimizda

🔰Yerdan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta’minlash, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik, shu orqali yer hisobi va uning nazoratini aniq yuritish Kadastr agentligining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Agentlikning Buxoro viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yerlarning hisobini yuritish bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #YERELEKTRON

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga asosan, 2022-yilda "Yangi O‘zbekiston" massivlarida quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarining elektron-auksion savdolariga chiqarish holati yuzasidan "YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilgan.

📄"YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilganlar soni 619 tani tashkil qiladi.

📌Shundan Yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan soni 87 ta maydoni 4.66 gektar ochiq elektron savdolariga chiqarilgan.

📄Shuningdek auksion savdolarida sotilganlar soni 582 ta maydoni 29,82 gektar sotilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Bilasizmi

Uy-joyni kadastr qilgandan keyin yana qo‘shimcha qurilish ishlari amalga oshirilganda kadastr hujjatiga o‘zgartirish kiritiladimi?


Kadastr hujjatlari tayyorlangan turar-joyda kelishilgan loyiha va belgilangan ruxsatnoma asosida qo‘shimcha qurilgan uy-joyni ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish zarur bo‘ladi. Bunda mavjud kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritilib, yangilab beriladi.

▪️Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi. Shundan so‘ng qo‘shimcha qurilgan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Statistika
#Infografika


🏢 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabr holatiga respublikamiz hududida jami ko‘chmas mulk obyektlari soni 8 092 590 tani tashkil etadi.

👨🏻💼 Shundan, 6 182 609 ta ko‘chmas mulk obyektlariga erkak mulkdorlar egalik qilishadi. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 694 822 ta ko‘chmas mulk obyektlari erkaklar egaligida.

📉 Sirdaryo viloyatida 144 500 ta mulk erkaklarga tegishli bo‘lib, ular hozircha ro‘yxatning so‘ngida turishibdi. Buxoro viloyatida 399 277 ta ko‘chmas mulk obyektining mulkdorlari erkaklar hisoblanishadi.

Telegram | Facebook | Instagram
📌 Buxoro viloyatida 4058 ta dehqon xo'jaligi yerlari ijara huquqi asosida e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali savdoga chiqarilgan.

▪️Olot tumanidan 813 ta (ko‘rish)
▪️Buxoro tumanidan 93 ta (ko‘rish)
▪️Vobkent tumanidan 85 ta (ko‘rish)
▪️G‘ijduvon tumanidan 383 ta (ko‘rish)
▪️Kogon tumanidan 360 ta (ko‘rish)
▪️Qorako‘l tumanidan 126 ta (ko‘rish)
▪️Qorovulbozor tumanidan 129 ta (ko‘rish)
▪️Peshko‘ tumanidan 512 ta (ko‘rish)
▪️Romitan tumanidan 228 ta (ko‘rish)
▪️Jondor tumanidan 424 ta (ko‘rish)
▪️Shofirkon tumanidan 905 ta (ko‘rish)

☝️Tanlovda qatnashish tartibini o'rganish video

Telegram | Facebook | Instagram
#Statistika
#Auksion

🏢 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 6-12 sentabr kunlari respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha auksion savdolariga 729 ta yer uchastkalari e-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilgan.

Shundan, Buxoro viloyati bo‘yicha 189 ta yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⁉️Kadastr hujjatiga ega bo'lmagan uylarga qanday tartibda kadastr hujjati rasmiylashtiriladi?

📌Mazkur savolga Kadastr agentligi bosh mutaxassisi Bekzod Otabekov "Minbar" ko'rsatuvi orqali javob berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil 8-13-sentabr kunlarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig‘ida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obyektlarning umumiy soni 5 583 tani tashkil etdi. Shundan, 249 ta ko‘chmas mulk obyekti Buxoro viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰Xodimlar o'rtasida qonunga xilof hatti-harakatlarni oldini olish, shaffoflikni ta'minlash, sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi mutasaddilari tomonidan yig'ilish va davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

▪️Joriy haftada shu mavzudagi navbatdagi davra suhbati Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qorako‘l tumani bo‘limi hamda filiali xodimlari uchun o'tkazildi.

▪️Yig‘ilishda muhandis va inspektorlar bilan korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan kasb etikasi va odob-axloq normalariga rioya qilgan holda muloqot qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish yuzasidan tashkil etilgan o‘quv amaliy seminari «Buxoro» telekanali nigohida

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

🔰 Quyidagilar 60 kvadrat metr doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi:

🔹 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalar (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida);
🔸 pensionerlar (pensiya guvohnomasi asosida);
🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar (pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi asosida).

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Kadastr agentligidan "Milliy hisobot" sahifasi.

📌Ushbu sahifada siz O'zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to'g'risidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt