Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
980 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
▫️Munosabat”ning jonli efiri▫️

⚡️Ayni dam, “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat” ko‘rsatuvida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasidan vakillar ishtirok etmoqda.

📹 Unda “Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir” mavzusidagi suhbatni jonli tarzda mazkur havola orqali tomosha qiling:https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston

https://youtu.be/D2AuU6EXb3c

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

▫️Кадастр агентлиги тизимига ўтган 7 ойи давомида 1045 та ходим танлов асосида ишга қабул қилинган бўлиб, уларнинг 253 таси раҳбар ходим.

▫️Шунингдек, 885 та ходим билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинди. Уларнинг 724 таси мутахассис ходим, 161 таси раҳбар ходим.

▫️ Ишдаги камчиликлари учун 3 нафар вилоят бошқарма бошлиқлари эгаллаб турган лавозимидан озод этилди.

▫️7 ой давомида бир нечта сабабларга кўра 142 та раҳбар ходимга ҳамда 1301 та мутахассисга интизомий чоралар кўрилган.

📌 Батафсил

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Qonunchilik_yangiliklari

«DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘GʻRISIDA»GI QONUN IMZOLANDI

📌 Mazkur qonun O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.

▪️ Qonun 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat.

▪️Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram
📌 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 8-12 avgust kunlarida jami 2 033 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar hududlar kesimida quyidagicha koʻrinishda:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 20
▫️Andijon viloyati - 133
▫️Buxoro viloyati - 164
▫️Samarqand viloyati - 36
▫️Sirdaryo viloyati - 66
▫️Surxondaryo viloyati - 200
▫️Qashqadaryo viloyati - 209
▫️Toshkent shahar - 250
▫️Toshkent viloyati - 458
▫️Navoiy viloyati - 32
▫️Namangan viloyati - 141
▫️Xorazm viloyati - 113
▫️Jizzax viloyati - 66
▫️ Farg‘ona viloyati - 123
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 22

▪️
Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr
#Vakansiya

⚡️Biz bilan bir jamoada bo‘lishni istaysizmi?

🔻Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmas
i quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qiladi:

▪️Qorako‘l tuman bo‘limi bosh inspektori

☝️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2022-yil 21-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish

⚜️ Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi, 26-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr
#davlat_xizmatlari
#interaktiv_xizmatlar

HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

Kadastr agentligi
ning quyidagi xizmatlaridan www.my.gov.uz orqali davlat idorasiga kelmasdan foydalanishingiz mumkin:

▪️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

▪️ Kadastr pasportini shakllantirish;

▪️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;

▪️Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

▪️ Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

▪️ Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

▪️ Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish;

▪️ Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

▪️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

▪️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish ob’yekti uchun);

▪️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish ob’yekti bo‘lmagan ob’yekt uchun);

📌Shuningdek, “Elektron lisenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

▪️Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga lisenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Tayinlov

Mirzayev Behzod Baxtiyorovich— Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Vobkent tumani filialiga boshliq etib tayinlandi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Vobkent tumani filiali bosh muhandisi vazifasida faoliyat olib borgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
#Kadastr_xizmati

🔰Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar
undirilmaydi:

📝KADASTR PASPORTINI RASMIYLASHTIRISHDA:

▪️ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

▪️ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

▪️rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

▪️kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

📝KO'CHMAS MULK OBYEKTIGA BO'LGAN HUQUQLAR VA ULAR BILAN TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZISHDA:

▫️fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

▫️tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Tayinlov

Hojiyev Ravshan Komiljonovich — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Peshko‘ tumani filialiga rahbar etib tayinlandi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Peshko‘ tumani filiali bosh muhandisi vazifasida ishlab kelgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastrda_sport
#Mini_futbol

⚽️ Kadastr agentligi tizimida 2022-yil 17-20 avgust kunlarida mini futbol sport musobaqasini o‘tkazilishi haqida xabar bergandik.

Musoboqani qiziqarli va bellashuvlarga boy tarzda o‘tkazish maqsadida agentlik mutasaddilari hamda sport ustalari ishtirokida qur'a tashlash bo‘lib o‘tdi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, Buxoro viloyat boshqarmasi jamoasi Namangan viloyati, DKGF va Kollej, Sirdaryo viloyati jamolari bilan «D» guruhidan joy oldi.

Barcha qur’a natijalari haqida infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik
#Kadastr_nazorati

📹 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #brifing

📢 16-avgust, seshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va yerdan foydalanuvchilar chegaralarini aniqlash hamda ularga oid maʼlumotlarni tegishliligi bo‘yicha “UzKAD” axborot tizimiga kiritish

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati rahbari Munojatxon Yo‘ldosheva

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi
#Davlat_royxatidan_otkazish

📹 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 29 413 ta obyektlarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bunda:
Bino inshootlar — 4029 ta
Ko‘p qavatli turar joylar— 6697 ta
Yakka tartibdagi turar joylar— 11595 ta
Yer uchastkalari— 7092 ta

▪️Shuningdek, kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan tizimi orqali umumiy 5200 gektarga yaqin 34585 ta dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari jismoniy shaxslar nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davlat_kadastrlari_palatasi
#Auksion

🔰Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 9-16-avgust kunlari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida 1139 ta yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan.

▪️Buxoro viloyati bo‘yicha jami 8,1 gektar maydonda joylashgan 56 ta yer uchastkalari savdoga chiqarilgan.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastrda_sport
#Mini_futbol

Yigitlar g‘alaba bilan boshlashdi

⚽️ Bugundan Kadastr agentligi tomonidan tashkil qilingan mini futbol musobaqasiga start berildi. Unda ishtirok etayotgan Buxoro viloyati boshqarmasi jamoasi 1-turda «DKGF va Kollej» bilan kuch sinashdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda 8:3 hisobida jamoamiz yigitlarining qo‘li baland keldi. Navbatdagi turda vakillarimiz Namangan viloyati kadastrchilariga qarshi maydonga chiqishadi.

Yigitlarimizni g‘alaba bilan tabriklagan holda, keyingi bahslarda ham omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram
Buxoro Kadastr ️
#Kadastrda_sport #Mini_futbol Yigitlar g‘alaba bilan boshlashdi ⚽️ Bugundan Kadastr agentligi tomonidan tashkil qilingan mini futbol musobaqasiga start berildi. Unda ishtirok etayotgan Buxoro viloyati boshqarmasi jamoasi 1-turda «DKGF va Kollej» bilan kuch…
#Tabrik 🎉

Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi tizimidagi mini futbol bo‘yicha sport musobaqasi davom etmoqda.

Hozirgina nihoyasiga yetgan 2-tur bahsida buxorolik kadastrchilar Namangan viloyati jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub qilishni uddalashdi.

Ertaga vakillarimiz «D» guruhining mutlaq g‘olibligi uchun Sirdaryo viloyati jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

Telegram | Facebook | Instagram