Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.68K photos
984 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Huquqiy_targibot
#Xizmat_tekshiruv

Odatda barcha korxona va muassasalarda qonunchilik, ichki idoraviy hujjatlar talablari buzilgan holda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqish sabablarini har tomonlama holisona va to‘laqonli o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Uning samaradorligini xizmat tekshiruvning xolisona va shaffof o‘tkazilgani belgilaydi.

Bugun, Davlat soliq qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ayni shular haqida so‘z bordi.

Davlat soliq qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi shaxsiy xafvsizlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Narimonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021 yil 9 iyunidagi «Xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartiblari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 292-son buyrug‘i talablari haqida xodimlarga ma’lumot berildi.


Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.

Kadastr agentligi jamoasi soha xodimlarini, fuqaro hamda tadbirkorlarimizni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga chorlaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Test

O‘zbekiston respublikasi yer fondi yerlari foydalanish maqsadlariga ko‘ra nechi xil toifaga bo'linadi?
Anonymous Quiz
30%
6 toifaga
67%
8 toifaga
3%
10 toifaga
▫️Matbuot kotiblari malakasi oshirilmoqda▫️

🔰 Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy va tizim tashkilotlarining matbuot kotiblari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

🔰 Ushbu hafta Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarma matbuot kotiblari poytaxtga kelib, o'quv seminarlarda faollik ko'rsatmoqdalar.

🔰 Bugun, axborot siyosatini yuritish, matbuot xizmati faoliyatini tashkil etishda qonunchilikdagi ahamiyatli jihatlar hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, maqsadli auditoriya bilan ishlash mavzularida darslar tashkil etildi. Navbatdagi bosqichlar haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_kotiblari #o_quv_kurslari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr
#Huquqiy_asos


▪️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi. Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

▪️ Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

▪️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_savodxonlik

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik— bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davlat_kadastrlari_palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi hamda G'ijduvon tuman prokuraturasi hamkorlikda hududiy filial xodimlari uchun zoom platformasi orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Davlat kadastrlari palatasi G'ijduvon tuman filiali sobiq xodimlarining g'ayriqonuniy ishlari yuzasidan tugatilgan tergov natijalari o'qib eshittirilib, sohada korrupsion holatlarni yuzaga keltirayotgan sabablar tahlil qilindi.

Shuningdek, yig'ilishda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi komplyans-nazorati xizmati mutaxassislari S.Abdullayev hamda M.Xidirovlar tomonidan korrupsiya holatlarining salbiy oqibatlari hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
📍Bugundan Shavkat Mirziyoyevning faoliyati to‘g‘risida OAV vakillari uchun brifinglar o‘tkazib borish amaliyoti davom ettiriladi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi

📌Brifingda o‘tgan haftaning rasmiy tadbirlari hamda davlatimiz rahbari ish jadvalida shu haftaga rejalashtirilgan yig‘ilish va uchrashuvlar haqida maʼlumot berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Test

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik uchun fuqarolar qancha jarimaga tortiladi?
Anonymous Quiz
32%
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari
62%
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari
6%
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari