Buxoro Kadastr ️
1.31K subscribers
5.76K photos
997 videos
1 file
4.16K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi
#Kadastr #Buxoro

⚖️Yer uchastkalari auksion savdolariga quyidagi mulk huquqi asosida chiqariladi

◾️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

◾️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar-fevral oylari davomida Buxoro viloyatining tuman-shaharlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Infografika #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiya
beriladi

🪪Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);
▪️huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 QONUN HAQIDA

🫥 Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni, 21-moddasi

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas

🗣 Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 47-moddasi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun bo‘yicha huquqlar e'tirof etilishining muhim shartlari haqida infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Buxoro #Qonun_937

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Buxoroda jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2025-yil 1-yanvar holatida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 120 538 tani tashkil etadi.

Shundan Buxoro viloyatida jismoniy shaxslar egaligidagi koʻchmas mulklar soni 512 757 tani tashkil qiladi.

📊 Respublika bo‘yicha eng ko‘p mulkdorlar Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

👆Hududlar kesimidagi batafsil ma’lumot mazkur infografikada.

#DKP_statistikasi #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣Joriy yilning 10-yanvar (juma) soat 18:00 dan 12-yanvar 00:00 gacha 🌟Kadastr agentligining rasmiy kadastr.uz veb-saytida rejali grafik asosida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan veb-saytdan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma‘lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Korrupsiya-taraqqiyot dushmani

🗣 Korrupsiyaga qarshi kurash, tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida kadastr sohasida ham doimiy ravishda profilaktik tadbirlar mutasaddilar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur videorolik orqali - halollikka e'tibor qilish kerakligi va qabihlik har qanday insonni tubanlikka chorlashi yorqin aks ettirilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Taraqqiyot_strategiyasi
#Kadastr #Buxoro

👍 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirilgan.

🗣Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

🔄 Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

💻 Siz ham joriy yilning 22-yanvariga qadar 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali yuborishingiz mumkin.

🫥 Yuborilgan takliflar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekspertlari tomonidan tahlil qilinib, ishchi guruhga taqdim qilib boriladi.

🌀 Barcha yuborilgan takliflar 2025-yil 22-yanvar kuniga qadar keng jamoatchilik va ekspertlar muhokamasidan o‘tadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM