Buxoro Kadastr ️
1.37K subscribers
6.23K photos
1.07K videos
1 file
4.47K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

XATLOV VAQTI UYINGIZDA BO'LISHINGIZNI SO'RARDIK
!

🇺🇿 🗓 Manzilli ro‘yxat bo‘yicha xatlovga tushgan mahallalardagi xonadonlarda uy egalarining xonadonida bo‘lmasliklari, ishchi-guruhga yer hujjatlarini taqdim etmaslik yoki keyinroq kelishlarini aytish kabi ayrim holatlar kadastrchilarimiz tomonidan xatlov ishlarini amalga oshirilishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Aslida mazkur xatlov Sizning foydangizga tashkil etilganini anglashingiz biz uchun muhim.

Sizdan faqat mahallangiz xatlovga tushgan vaqtni bilish va o'sha kuni xonadoningizda bo‘lish so'raladi xolos!

👉 Xatlovdan bexabar qo'shningizga ham mazkur videoni ulashib qo'ying.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijara huquqini eʼtirof etishda kimlar bir martalik to‘lovlardan ozod etiladi?


Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi:

◼️bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;

◼️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.

🔍 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 22-mart – Butunjahon suv resurslari kuni


💧 Butunjahon suv kunining asosiy maqsadi – barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdir.

💧Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzining 70% dan ortig‘i suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, ichimlik suvi zaxiralari atigi 2,5% ni tashkil qiladi.

💦 Shunday ekan, suvni asrang va u ham sizni asraydi!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etiladi


📃 “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-43-son, 05.03.2025 y.) qabul qilindi

🗓 2025-yildan bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

Manba: PF-43-son, 05.03.2025 yil.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaharsozlik qoidalarini buzish uchun jazo kuchaytirildi


📃 Yangi qonun (O‘RQ-1050-son, 25.03.2025) bilan:

Ruxsatsiz qurilish, tayanch konstruksiyalarni o‘zgartirish va shahar rejasiga zid loyihalar uchun javobgarlik belgilandi;

Birinchi marta qoidabuzarlik qilganlar xatolarini ixtiyoriy tuzatsa, jazodan ozod etilishi mumkin;

Loyiha talablariga rioya qilmaganlar va ekspertizadan o‘tmagan obyektlar uchun javobgarlik kuchaytirildi;

Odam o‘limiga sabab bo‘lgan shaharsozlik qonunbuzarliklari uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi;

Shaharsozlik qoidabuzarliklari uchun jarimalar oshirildi.

⚖️ Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonda 2025-yil 1 apreldan qonunchilikda quyidagi bir qancha o‘zgarishlar amalga oshiriladi:


2 toifadagi tadbirkorlar QQS to‘lovchilar deb e’tirof etiladi

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy yordamlar beriladi

“Ijtimoiy karta” axborot tizimidan ayrim qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi

Maktab o‘quvchilari uchun yangi tanlov tashkil etiladi. G‘oliblar xorijga sayohatga yuboriladi

Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi ishga tushadi

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga parasportga qatnashishi uchun yo‘l xarajatlari qoplab beriladi

Jinoyat qurbonlari va guvohlarga kompensatsiya to‘lanadi

Elektr va gaz narxining oshirilishi esa bir oyga kechiktirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Yurtdoshlarimizning orzusi ushala boshladi


🇺🇿 Buxoro viloyati Jondor tumanidan 5 nafar fuqarolarning “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonunga ko’ra huquqlarni eʼtirof etildi. Ulardan biri bilan jonli suhbatni intervyuda ko'rishingiz mumkin.

⭐️🌟 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi yurtdoshlarimizni dastlabki ijobiy natijalar bilan qutlaydi.

#DavKadastrPalata  #xushxabar #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦

MULK HUQUQI E'TIROF ETILIB DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZILGAN ILK XUJJATLAR TOPSHIRILD
I

🇺🇿Qonun asosida boshlangan xatlov ishlari o‘z natijasini bera boshladi. Birinchilardan bo‘lib, o‘z yer maydoniga nisbatan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolarning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Endi ularning mulki qonuniy asosda himoyalangan!

⚡️ 📃 Ayni dam, birinchilardan bo'lib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan Buxoro viloyatining Jondor tumanining ikki nafar fuqarolariga kadastr hujjatlari tantanali ravishda topshirildi.

💐⭐️🌟 Ularni Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

✔️ Bu jarayon fuqarolar uchun nafaqat huquqiy kafolat, balki kelajakda o‘z uy-joyi ustidan to‘laqonli tasarruf etish imkonini ham yaratadi.

▪️Xushxabarni tarqating!

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


📍Buxoro viloyati, Romiton tumani.

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joy nomlari tarixiga nazar

🇺🇿 Respublikamizning turli hududlaridagi qadimiy joy nomlari, etimologiyasi, tarixi, geografik joylashuvi haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi videolavha orqali Jondor so'zi tarixiga yuzlanamiz.

💿 Jondor - Buxoro viloyatidagi tuman nomi bo'lib, 1935-yil 9-fevralda tashkil topgan.

📹 Ushbu atama haqida batafsil mazkur video orqali tanishishingiz mumkin.👆

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1 sentabrdan har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi. Bu orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

⛔️ Ko‘p kvartirali uylardagi joylarni, shuningdek, yerto‘lalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda ko‘p kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga o‘zgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy ta’sir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

✔️ 2025 yil 1 iyuldan:

◼️barcha ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan o‘tkaziladi;

◼️bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi;

◼️tajriba-sinov tariqasida 2025-yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangidan quriladigan obyektlarga videokameralar o‘rnatiladi;

◼️qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
MUHIM XABAR

Soxta kadastrchilar aniqlanmoqda


⚡️ Respublikamizning ayrim viloyatlarida o‘zini "kadastrchiman" deya fuqarolardan xatlov uchun pul yig‘ib yurgan firibgarlar aniqlandi. Hozirda ularning faoliyati o‘rganilmoqda.

◼️Bunday firibgarlardan ogoh bo‘ling va Siz ham ularni uchratsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

Mahalladagi qo‘shnilarga jo‘natib qo‘ying

#DavKadastrPalata #e_lon #diqqat_firibgarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


📝 "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar mazkur infografikada.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: Mazkur qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning necha sotixgacha bo‘lgan yerlariga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerni ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

🇺🇿Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi O'zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o'rnatiladi:

◼️yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolarida qatnashish, ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to'lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

◼️ yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko'rsatiladi;

◼️ auksion savdolarida yer uchastkasini ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo'yicha yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi;

🗓 2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko'pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Yurtdoshlarimizdan kelib tushadigan savollar orasida ko‘p uchraydiganlariga mutaxassislarimizdan javob taqdim etamiz.

⁉️ O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli qonunida bino va inshootlar va ular joylashgan yerlarga bo‘lgan huquqni e’tirof etish bo‘yicha inobatga olinadigan belgilangan davr oralig‘i sifatida nega aynan 2018-yil 1-may tanlangan?

➡️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish


📃 Murojaatlar qabul qilinadi:
➡️ YIDXP – my.gov.uz orqali

✔️ Xizmatdan foydalanuvchilar:
➡️ Jismoniy va yuridik shaxslar

🗣 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
➡️ Talab etilmaydi

🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
➡️ Avtomatik tarzda

🗣 Xizmat narxi:
➡️ Bepul

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

9-iyun “Xalqaro arxivlar kuni”


🗂 Arxiv aslida tariximiz bilan kelajagimiz orasidagi ko‘prik bo‘lib, barcha sohalarning rivojlanishida, uning tarixini tadqiq qilishda muhim tarixiy manbaa bo‘lib xizmat qiladi.

Arxivlar –tarix ko‘zgusi

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tizimida 14 ta hududiy boshqarmalar va 206 ta filiallar hamda ularda kadastrga oid xujjatlar saqlanuvchi arxiv xonalari mavjud.

🗄 Davlat kadastrlari palatasi rahbarining tashabbusi bilan 2023-2024 yillar davomida 16 ta filial idoraviy arxivi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan namunaviy arxiv sifatida qayta shakllantirildi.
◼️ Bugungi kungacha arxivlarimizda saqlanayotgan 488 606 ta obyekt hujjatlari to‘liq raqamlashtirildi.
◼️Bunda 26 ta filial arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar to‘liq raqamlashtirilib elektron bazaga kiritildi va ularning sug‘urta fondlari ham yaratildi.

📃 Batafsil:  https://telegra.ph/Arxivlar-tarix-kozgusi-06-08

#DavKadastrPalata #muhim_kun #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim #937

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun DXMga murojaat qilasiz


🌟 Kadastr xizmatlaridan foydalanishda — Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, uy-joyga kadastr hujjatlarini olish yoki boshqa tegishli kadastr xizmatlaridan foydalanishda Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilinadi.

➡️ Agar sizda yuqoridagi kadastr xizmatlaridan foydalanishda noqonuniy holatlar, pora talab qilish, xizmat ko‘rsatishda manfaatlar to‘qnashuvi uchrasa, darhol 1097 qisqa raqamlariga murojaat qiling.

Sizning murojaatingiz maxfiy saqlanadi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.

#DavKadastrPalata  #DXM #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM