🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi🌟Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i
I.Tadjibayev hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining
korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha mutaxassislari ishtirokida
Olot tumanida xatlov jarayonlari vaqtida xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga
qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
◾️ Yig‘ilishda tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlov ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish, Qonun talablaridan chetga chiqmagan holda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarni ko‘rib chiqish (xatlov) jarayonida noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida xodimlarga tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.◾️Bundan tashqari, yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i
I.Tadjibayev tomonidan mazkur xatlov jarayonlarida sohadagi har qanday rahbar yoki mutaxassis xodim mansab vakolatlarini suiiste'mol qilmasligi, tamagirlik va firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi uqtirildi. Xatlovda
korrupsiyaga qo‘l urmaslik asosiy vazifa hisoblanishini ta'kidladi.
◾️Shuningdek, xodimlarning funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlari, kiyinish madaniyati va boshqa masalalar yuzasida ham so‘z bordi.#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Kadastr #Buxoro🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube