#Huquqiy_asos #Bilasizmi
#Kadastr #Buxoro
⚡️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir
📃 Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
▪️ Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.
▪️ Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
❗️ Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquq egalari uchun majburiydir.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
#Kadastr_pasporti
📝 Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?
📃 Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
🔺 ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔺 yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;
🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
🔹 umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔹 umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.
💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
⌛️ Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr_pasporti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
#Kadastr #Buxoro
🗂 Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumotlarni onlayn olish mumkin❗️
🏠 Hozirgi kunda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi juda ko’paygan.
📊 Bu jarayonda xaridorlar uchun xarid qilinayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar: uning haqiqiy egasi kim, umumiy maydoni va qurilish osti maydoni qancha, qurilgan yili qachon, amaldagi va avvalgi huquq turi, cheklov mavjudligi, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlari shakli, kim tomonidan berilgani, sanasi, raqami bor-yo‘qligi nafaqat qiziq, balki muhim ham hisoblanadi.
💻 Endilikda bu kabi ma'lumotlarni uydan chiqmagan holda olish mumkinligidan xabaringiz bormi?
⚠️ Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Ko‘chmas mulk tarixi haqida maʼlumot olish” xizmatidan foydalanish kifoya.
📆 Onlayn yo‘llangan ariza Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda natija talabgorga maʼlumotnoma ko‘rinishida taqdim etiladi.
💰 Xizmatdan foydalanish uchun 165 000 so‘m (BHMning 50 foizi) miqdorida to‘lov undiriladi.
❗️ Eslatib o‘tamiz! Xizmatdan my.gov.uz portali orqali foydalanganda, xizmat uchun undiriladigan to‘lov 10 foizga arzonlashadi!
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
#Huquqiy_malumot
📁 Maʼmuriy jarimalarni to‘lashdagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardormisiz?
📝 Amaldagi tartibga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
‼️ Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
😎 Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
😎 xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Huquqiy_malumot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM