Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.69K photos
984 videos
1 file
4.1K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

Oliy sud, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan birgalikda juda ko‘p holatlar o‘rganilib, umumlashtirdi va yer uchastkalarining rasmiylashtirilmagan asosiy 8 ta holati belgilab olindi:

🟢 2018 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarini eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer;
🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i - Jaksimuratov Uzakbergen

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

💫Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, hozirgi kunda “bir martalik aksiya” doirasida hujjatlari rasmiylashtirilishi boshlangan, lekin yakuniga yetmagan 60 mingdan ziyod holat bor. Shuningdek, kichik sanoat zonalarida joylashgan 1 200 nafardan ortiq tadbirkorlarning yerlarini rasmiylashtirish ishlari tugatilmagan. Xuddi shunday, tumanlarda hokim qarori bilan uy-joyga mulk huquqi eʼtirof etilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilanmay qolgan ko‘plab holatlar mavjud. Qonunda ana shularning barchasini rasmiylashtirish nazarda tutilgan.

😄Aslida, “o‘zboshimchalik bilan egallangan”, degan so‘z faqatgina noqonuniy maʼnosini anglatmaydi. Qonunchilikda hujjatlari saqlanib qolinmagan yer yoki bino-inshootlarga nisbatan ham “o‘zboshimchalik bilan egallangan” degan taʼrif qo‘llaniladi. Masalan, o‘tgan asrda ajratilgan yerlarning ko‘pi shunday holatda, yaʼni qaysidir sabablarga ko‘ra hujjatlari saqlanmagan. Hozirgi kunda yurtimizdagi 2 million 400 mingdan ortiq uy-joy shu holatda turibdi. Ularning barchasi tegishli tartibda o‘rganilib, qonuniy yechimlari beriladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.

5-noyabr kunida soat 11:00 da 🌟Kadastr agentligining markaziy aparati binosida dasturning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎤Taqdimotga ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarni taklif etamiz.

📍 Manzil:  Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi 6 V uy. 🌟Kadastr agentligi binosi.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM