Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
975 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot


📁 Maʼmuriy jarimalarni to‘lashdagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardormisiz?

📝 Amaldagi tartibga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

‼️Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

😎Jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

😎xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Xususiylashtirish

⚡️ Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari

📃 Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

😎Foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

😎Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);

😎Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;

😎Qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;

😎Ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

😎Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

🗂️ Kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▪️yer uchastkasining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi;
▪️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
▪️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.
▪️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini tugatish va arxivlashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Auksion #Kadastr

📃 Qonunchilikka ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

🏠Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

▪️Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

‼️Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etiladi?

🇺🇿 Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🪙 belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📄 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍 ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

🚫 vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Foydali

Uy-joy va boshqa ko'chmas mulklar, avtomashinalarni oldi-sotdisida firibgarlikdan qanday himoyalanish mumkin?


💠Ushbu savolga Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolik orqali javob topishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

📃Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.

💠 Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

Ko‘chmas mulkni bo‘lish mulkdor arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi


🏠Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

📝 Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.

🗂️Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

🔰Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

👎Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etiladi?

🇺🇿 Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🪙 belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📄 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍 ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

🚫 vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM