Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
981 videos
1 file
4.09K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Yer_nazorati
#Javobgarlik

📝Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—

🔹fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari

🔹mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati #Kadastr

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida hududlarda doimiy targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

◾️ Peshku tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida tashkil etilgan «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusidagi davra suhbati ham ayni shu masalaga qaratildi.

◾️Tadbirda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmalari mas'ul xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida kadastr tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida joriy qilinayotgan yangi tartiblar haqida tushuntirish berildi.

◾️ Davra suhbati davomida xodimlarga ham o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan muloqot jarayonida ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi alohida uqtirildi.

Mazkur mavzudagi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion #Buxoro
#Kadastr

IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG !

⚖️ Sizda e-auksion.uz onlayn savdo platformasi orqali Buxoro viloyati hududidagi 4200 ga yaqin dehqon xo‘jaligi yerlaridan birini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

Olot tumanida 613 ta (ko‘rish)
Buxoro tumanida 320 ta (ko‘rish)
Vobkent tumanida 329 ta (ko‘rish)
G‘ijduvon tumanida 601 ta (ko‘rish)
Kogon tumanida 454 ta (ko‘rish)
Qorako‘l tumanida 249 ta (ko‘rish)
Qorovulbozor tumanida 239 ta (ko‘rish)
Peshku tumanida 368 ta (ko‘rish)
Romitan tumanida 278 ta (ko‘rish)
Jondor tumanida 226 ta (ko‘rish)
Shofirkon tumanida 475 ta (ko‘rish)
Buxoro shahrida 19 ta (ko‘rish)

💻 Auksion savdolarida qatnashish tartibini o'rganish (video)

⭕️"Yoshlar", "Ayollar" va "Temir" daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi ta’minlanadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2024 yildagi "Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida" gi 282-son qarori qabul qilingan edi.

▶️ Mazkur video orqali Yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalariga kiritilgan o'zgarishlar va yangiliklar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Yer_nazorati
#Javobgarlik

⚠️ Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik

▪️BHMning besh baravari (1700 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

▶️ Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🌐 Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi

◼️Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “YERELEKTRON” AAT orqali:

- tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza zonalari hududlarning geografik joylashuvini;
- ushbu hududda olib borilishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyat turini hamda qurilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini keltirgan holda hududlarning geografik joylashuvini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.

◼️Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning geografik joylashuvi “YERELEKTRON” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.

◼️Hududlarning geografik joylashuvi davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar tomonidan real vaqt rejimida WGS-84 koordinatalar tizimida yangilanadi.
Ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi yuzasidan davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari javobgardir.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

Batafsil yuqoridagi infografikada.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov #Tabrik
#Kadastr #Buxoro

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni


⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi mazkur sana munosabati bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini samimiy qutlaydi. Sharafli mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi joʻshqin ishtiyoqingiz aslo soʻnmasin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali
#Videoqollanma

Kadastr pasportini uydan chiqmasdan olishni istaysizmi?

Bunday imkoniyatni my.gov.uz portali taqdim etadi.

🗂 «Kadastr pasportini shakllantirish» xizmatidan onlayn foydalanib, vaqtingiz va naqdingizni tejang.

▶️ Batafsil xizmatdan foydalanish yo’riqnomasi bilan video orqali tanishing!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🎤 JURNALISTIKA – yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi, biznes, ilm-fan hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlikni mustahkamlovchi bo‘g‘indir.

🟢Bugun, 🌟Kadastr agentligi tizimida mana shu faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha xodimlarni “27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan muborakbod etamiz. 💐

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

📣 Hurmatli Qorakoʻl tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

📨 Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qorakoʻl tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

🖊 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Qorakoʻl tumani, "Quvvacha" MFY binosi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Video_qollanma #Foydali
#Auksion #Yer_uchastkalari

⚡️Auksionda yer olish uchun birinchi qadam!

Auksionda qatnashib yer olmoqchisiz, biroq mazkur platformadan qanday foydalanishni bilmayapsizmi ?

Yuqoridagi videoda E-AUKSION onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tishda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi keltirilgan. Bu esa eng birinchi qadamdir!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM