Buxoro Kadastr ️
2.79K subscribers
6.4K photos
1.09K videos
1 file
4.6K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Huquqiy_malumot
#Auksion #Kadastr

📃 Qonunchilikka ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼiy nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🪙 Korrupsiya millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.

🌟Kadastr agentligi jamoasi soha xodimlarini, fuqaro hamda tadbirkorlarimizni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga chorlaydi.


Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim #Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

🌏 Senatorlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.


📃 Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

💠 Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda:

🔺fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

🔺2018-yil 1-mayga qadar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiqcha egallagan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

🔺“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

🔺2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimining qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari kengashi tomonidan o‘z vaqtida tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;

🔺fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

🔺2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik sub’yektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga;

🔺xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga;

🔺fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga.

📝Qonunda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning shartlari ham belgilangan.

Xususan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi boshqa shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmaganligi, yer uchastkasidan foydalanishda nizo yo‘qligi, yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi, shirkat a’zosi bo‘lganligi, investitsiya va boshqa majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lishi lozim.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 BRIFING

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga 2024-yilning 5 oyi davomida 2808 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushdi. Shundan 1016 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 932 tasiga umumiy tushuntirish berilgan. 119 ta murojaat esa bugungi kunda ko‘rib chiqish jarayonida.

➡️ Yuqoridagi videolavhada shular haqida so‘z boradi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

📝 Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

💠Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🫥yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🫠binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🫠qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
#Javobgarlik

📝Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—

🔹fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari

🔹mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati #Kadastr

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida hududlarda doimiy targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

◾️ Peshku tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida tashkil etilgan «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusidagi davra suhbati ham ayni shu masalaga qaratildi.

◾️Tadbirda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmalari mas'ul xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida kadastr tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida joriy qilinayotgan yangi tartiblar haqida tushuntirish berildi.

◾️ Davra suhbati davomida xodimlarga ham o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan muloqot jarayonida ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi alohida uqtirildi.

Mazkur mavzudagi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion #Buxoro
#Kadastr

IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG !

⚖️ Sizda e-auksion.uz onlayn savdo platformasi orqali Buxoro viloyati hududidagi 4200 ga yaqin dehqon xo‘jaligi yerlaridan birini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

Olot tumanida 613 ta (ko‘rish)
Buxoro tumanida 320 ta (ko‘rish)
Vobkent tumanida 329 ta (ko‘rish)
G‘ijduvon tumanida 601 ta (ko‘rish)
Kogon tumanida 454 ta (ko‘rish)
Qorako‘l tumanida 249 ta (ko‘rish)
Qorovulbozor tumanida 239 ta (ko‘rish)
Peshku tumanida 368 ta (ko‘rish)
Romitan tumanida 278 ta (ko‘rish)
Jondor tumanida 226 ta (ko‘rish)
Shofirkon tumanida 475 ta (ko‘rish)
Buxoro shahrida 19 ta (ko‘rish)

💻 Auksion savdolarida qatnashish tartibini o'rganish (video)

⭕️"Yoshlar", "Ayollar" va "Temir" daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi ta’minlanadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2024 yildagi "Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida" gi 282-son qarori qabul qilingan edi.

▶️ Mazkur video orqali Yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalariga kiritilgan o'zgarishlar va yangiliklar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Yer_nazorati
#Javobgarlik

⚠️ Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik

▪️BHMning besh baravari (1700 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

▶️ Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy yer hisobini yuritish bo'yicha o‘quv seminari tashkil qilindi

🌟Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Buxoro viloyatida yer hisobini raqamlashtirish borasida yer fondi toifalari va UZKAD axborot tizimi hamda Yer hisobot AATga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi toifalarini to‘g‘ri belgilash maqsadida o‘quv-seminar tashkil qilindi.

🌏O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida ish yuritish, yer hisobini raqamlashtirish borasida yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda UZKAD axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan hududiy filial mutaxassislariga tegishli yo‘l-yo‘riqlar berildi.

🟢 Seminarda “Yer hisobot” AAT dasturi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi, xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqish holatlari tekshirilib, bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 2021-2024-yillar bo‘yicha tuzilgan yer hisoboti hujjatlari hamda shu yo'nalishdagi arxiv hujjatlarining saqlanish holati mutaxassislar ishtirokida tahlil qilindi.

❗️Shu bilan birga, Yer hisobini yuritish mutaxassislarining bilim va salohiyatini tekshirish maqsadida test sinovi o‘tkazildi.


#Yer_hisobini_yuritish #Seminar #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🌐 Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi

◼️Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “YERELEKTRON” AAT orqali:

- tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza zonalari hududlarning geografik joylashuvini;
- ushbu hududda olib borilishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyat turini hamda qurilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini keltirgan holda hududlarning geografik joylashuvini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.

◼️Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning geografik joylashuvi “YERELEKTRON” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.

◼️Hududlarning geografik joylashuvi davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar tomonidan real vaqt rejimida WGS-84 koordinatalar tizimida yangilanadi.
Ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi yuzasidan davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari javobgardir.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

Batafsil yuqoridagi infografikada.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⭐️ Kadastr agentligi Peshku tuman bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan “Yangibozor” MFY hududidagi 20 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, noqonuniy beton poydevor qurganligi aniqlangan.

😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi va yer maydoni dastlabki holatga qaytarildi.

Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar!
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang!

#Yer_nazorati #Kadastr #Buxoro #Bartaraf

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM