Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.69K photos
984 videos
1 file
4.1K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etiladi?

🇺🇿 Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🪙 belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📄 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍 ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

🚫 vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr_pasporti

📝 Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

📃 Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔺ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔺yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

⌛️Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat #Kadastr
#Buxoro

Joriy yilning 28-may kuni «Bukhara news» telegram kanali orqali e’lon qilingan murojaatda, Buxoro shahar A.Borband ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan umumiy foydalanishdagi yo‘lning bir qismi noqonuniy egallab olinib, devor bilan o‘rab olinganligi hamda buning ortidan boshqalarga noqulaylik keltirib chiqarayotganligidan shikoyat qilingan. Hamda ushbu holatni bartaraf etishda amaliy yordam so‘ralgan.

Ushbu murojaatda qayd etilgan holat bo‘yicha Kadastrlar agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur murojaatda nazarda tutilgan holat Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘rganildi va fuqaro tomonidan 71 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz qurulish ishlari bajarilganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi. Fuqaro holatni belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etmagan taqdirda, holat yuzasidan agentlik tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilishini ma’lum qilamiz.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Mutaxassislar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi

🌟Davlat kadastrlari palatasining Bino inshootlar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida, boshqarmaning Bino inshoot bo‘limi hamda barcha hududiy filiallar bosh muhandislari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

🫥Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarorining mazmun mohiyati, tizimda yangi ishga tushirilgan xizmatlar (bo‘lish, birlashtirish, ko‘chmas mulk tarixi, ko‘chmas mulk maʼlumotlarni tahrirlash) to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.

🫥 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisining 2023-yil 26-martdagi 00013-RT-sonli buyrug‘i “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini(pasportini) tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma”sining ijrosi, “UZKAD” dasturida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib bu yo‘nalishlarda ham bajarilishi lozim bo‘lgan zaruriy masalalar muhokama qilindi.

💠 Shuningdek, Markaziy apparat mutaxassislari tomonidan hududiy kadastr muhandislarining bilim va salohiyatlari sinovdan o'tkazildi.

#Seminar #Buxoro #Kadastr

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM