#Qonunchilik_yangiliklari
#Mulk_huquqi #Kadastr
❤️🔥 O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi mumkin
🌏 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
😄 Qayd qilinishicha, bugungi kunga qadar 126 mingdan ortiq fuqaroning ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylarga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy yechimni kutmoqda
📝 Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etish tartibi belgilanadi.
💠 Mazkur qonun orqali ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasining yer fondi toifasini o‘zgartirish, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartiblari ham o‘z aksini topmoqda.
🔺 Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
💠 Qonun loyihasining muhokamasi davom etmoqda.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Mulk_huquqi #Kadastr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Xabaringiz_bormi❓
📃 Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga bunday yordam ko'rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta'minlash tartibini belgilashga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:
◾️ Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi shart.
◾️ Bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e'tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Xabaringiz_bormi
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro
📝 Prezident Farmoniga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan:
🔺 avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;
🔺 noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;
📆 2024-yil yakuniga qadar:
🔺 davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;
💠 Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
🔻 fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.
#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM