Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Bartaraf

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro tuman bo‘limi tomonidan tumanning "Bog‘dasht" MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 200 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

📝 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

❗️ Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


💠 Ijaraga berishni rad etishga qonunchilikda keltirilgan asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, balansda saqlovchi so‘rov kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida ijaraga beruvchiga davlat mulkini ijaraga berish uchun quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda elektron yoki yozma shaklda ariza taqdim etadi:

- davlat mulkining nomi, tavsifi, joylashgan manzili;
- davlat ko‘chmas mulki obyektining umumiy va ijaraga beriladigan maydoni, qurilgan yili (mavjud bo‘lsa);
- davlat ko‘chmas mulki obyektining kommunikatsiyalar (suv, gaz, elektr energiyasi, kanalizatsiya tarmog‘i) bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumot;
- davlat ko‘chmas mulki obyektining ijaraga beriladigan maydonini ko‘rsatgan holda kadastr hujjati nusxasi;
- davlat mulkining 4 ta fotosurati;
- davlat mulkidan foydalanish maqsadi (amalga oshiriladigan faoliyat turi);
- davlat mulkini ijaraga berishning boshqa shartlari (mavjud bo‘lsa).

📃Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.12.2023 yildagi 660-son qarori

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob #Kadastr
#Buxoro

Savol: Uyim joylashgan yerni xususiylashtirishim shartmi, bu majburiy talabmi✏️

Javob: Xususiylashtirish majburiy hisoblanmaydi.

😎 Fuqarolar va yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishga boʻlgan oʻz huquqlarini oʻz ixtiyoriga koʻra hamda oʻz manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradilar.

😎 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatiladi.

😎 Agar fuqaro yer uchastkasini berishni, sotishni xohlamasa, ushbu yer uchastkasi davlat tomonidan ham olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Bartaraf
#Kadastr #Buxoro

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan yer qonun buzilish holatlarini aniqlash va bu holatlarni bartaraf etish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan yer nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan o'rganish ishlari natijasida Qorako‘l tumani "Dehqonobod" MFY hududida joylashgan 200 kv.metr yer maydoni fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari bararilganligi aniqlandi.

📝Aniqlangan holat yuzasidan agentlikning tuman bo'limi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati berildi.

❗️ Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tizim faoliyatini rivojlantirish yo'lida


🇺🇿Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risidagi Prezident farmoniga ko'ra, 2023-2026-yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari ko'zda tutilgan.

💠Shu maqsadlarda, o'tayotgan haftada Davlat kadastrlari palatasi Ishlar boshqarmasi boshlig'i va mas'ul mutasaddilar Buxoro viloyatida yangi qurilayotgan kadastr boshqarmasi hamda Buxoro va Vobkent tumani fililallari binolarini ko'zdan kechirdilar.

Shuningdek, binolar qurilishidagi ayrim masalalarni o'rganib, tahliliy ko'rib chiqildi. Mutaxassislar bilan kelishilgan holda masalalarga yechimlar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Kadastr
#Buxoro

Qadrli vatan himoyachilari!

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko'z qorachig'idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo'lsin.

Hurmat bilan, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Kadastr

Uy-joyning kadastr pasportini yo‘qotib qo‘yganda nima qilish kerak?

🟢Bunday vaziyatda ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tib elektron ariza berish yo‘li bilan qayta rasmiylashtirib olinishi mumkin. Bunda kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov undirilmaydi, ariza ikki ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

⚡️Eslatma: Arizani rasmiylashtirish uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Javobgarlik

❗️Mansab vakolatini suiisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:

🔹 BHMning 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
🔹 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
🔹 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔹 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔹 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

Аукционда олинган давлат активлари ва ер участкалари қийматини бўлиб тўлаш муддати 3 йилдан 5 йилгача узайтирилади.
Бунда камида 15 фоиз миқдорида дастлабки тўловни бирйўла амалга оширганда, қолган суммага йиллик фоизлар ҳисобланмайди.

🇺🇿 Президент тадбиркорларнинг барқарорлик рейтингини жорий қилиш бўйича тақдимот билан танишди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasiga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va ularning o‘rganilishi yuzasidan infografik ma'lumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM