#Yer_nazorati #Bartaraf
#Kadastr #Buxoro
⭐️ Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi Shofirkon tuman bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan “Denov” MFY hududidagi 300 metr² yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurish maqsadida noqonuniy beton poydevor qurganligi aniqlangan.
⏺ Ushbu holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib fuqaroga huquqbuzarligining oqibatlari tushuntiriladi. Ammo fuqaro ixtiyoriy ravishda mazkur holatni bartaraf etmagach, agentlik tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
⚖️ Sud kiritilgan da’vo arizasini qanoatlantirgach ushbu holat majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda majburiy tartibda bartaraf qilindi va yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr
🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan "Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" 🥇 koʻkrak nishonlari qayta ta'sis etildi.
🟢 Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.
🟢 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan mukofotlanadilar.
🟢 Ko‘krak nishoni bir xodimga ikkinchi marta takroran berilmaydi.
❗️ Maʼlumot oʻrnida: mazkur koʻkrak nishonlar muqaddam 2017-yilda taʼsis etilgan hamda soha fidoiylari taqdirlangan.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT
▪️Telegram tarmog‘idagi “Antikorrupsiya” kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
▪️Mazkur holat yuzasidan tez orada ma’lumot taqdim etiladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
▪️Telegram tarmog‘idagi “Antikorrupsiya” kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
▪️Mazkur holat yuzasidan tez orada ma’lumot taqdim etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro
❓ Savol: Qanday holatlarda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yig‘im
undirilmaydi?
✅ Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014-yildagi 186-sonli qaroriga asosan quyidagi holatlarda ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda to'lov amalga oshirilmaydi.
🟢 fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
🟢 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno);
🟢 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);
🟢 tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
undirilmaydi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Bartaraf
#Kadastr #Buxoro
⭐️ Kadastr agentligi Olot tuman bo‘limi tomonidan tumanning "Xalifa" MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 18 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.
📝 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.
👎 Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma belgilangan muddatda fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmaganligi tufayli unga nisbatan ma'muriy jazo chorasi qo'llanildi. Fuqaro tomonidan jarima to'lovlari to'liq to'lanib, noqonuniy qurilgan qurilma bartaraf qilindi.
⚠️ Eslatib o‘tamiz, Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Huquqiy_malumot
Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.
❗️ “Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
😎 Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
🟢 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
🌏 Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o‘tadi.
⏺ Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Yer kodekslariga servitut to‘g‘risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o‘zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo‘shimchalar kiritildi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Huquqiy_malumot
Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_pasporti
#Kadastr #Buxoro
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallariga joriy yilning 20—26-oktabr kunlari davomida kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha infografik ma'lumot
Telegram🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi❓
#Yer_nazorati
#Javobgarlik
👎 Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik
💰 BHMning besh baravari (1650 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Yer_nazorati
#Javobgarlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Bartaraf
⭐️ Kadastr agentligi Olot tuman bo‘limi tomonidan shaharning "Xosabo‘yi" MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 200 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.
😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.
✅ Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.
⚠️ Eslatib o‘tamiz, Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Buxoro #Bartaraf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, улучшения учета земли и оказания кадастровых услуг.
#Mirziyoyev #yigilish #kadastr #yerhisobi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, улучшения учета земли и оказания кадастровых услуг.
#Mirziyoyev #yigilish #kadastr #yerhisobi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Kadastr_agentligi
So‘nggi yillarda bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan taʼminlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va maʼlumotlar markazi ishga tushirildi.
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktyabr kuni yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha o'tkazgan yig'ilishida aynan shunday masalalar ko'rib chiqildi.
📹 Batafsil videoda
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
So‘nggi yillarda bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan taʼminlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va maʼlumotlar markazi ishga tushirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob #Kadastr
#Huquqiy_malumot
❓ Savol:
—Uyning planini chizib bergani uchun kadastr xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadimi ?
📝 Javob:
—Uyning kadastr plani yaʼni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.
❗️ Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi va kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Huquqiy_malumot
—Uyning planini chizib bergani uchun kadastr xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadimi ?
—Uyning kadastr plani yaʼni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallariga 2023-yilning 23–30-oktabr kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Bartaraf
#Kadastr #Buxoro
⭐️ Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi hududidagi 18 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilma aniqlangan.
📝 Ushbu holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib fuqaroga huquqbuzarligining oqibatlari tushuntiriladi. Ammo fuqaro ixtiyoriy ravishda mazkur holatni bartaraf etmagach, agentlik tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
⚖️ Sud kiritilgan da’vo arizasini qanoatlantirgach ushbu holat tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda majburiy tartibda bartaraf qilindi va yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM