Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
980 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali
#Videoqollanma

Kadastr pasportini uydan chiqmasdan olishni istaysizmi?

Bunday imkoniyatni my.gov.uz portali taqdim etadi.

🗂 «Kadastr pasportini shakllantirish» xizmatidan onlayn foydalanib, vaqtingiz va naqdingizni tejang.

📹 Batafsil xizmatdan foydalanish yo’riqnomasi bilan video orqali tanishing!

Telegram | Facebook | Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Yer_nazorati #Buxoro

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘yilmaydi

📌 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman va shahar bo‘limlari tomonidan yer maydonlaridan samarali foydalanish va ularning talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur nazorat tadbirlari davomida aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar belgilangan tartibda o‘z holatiga qaytarilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul

🔊 Hurmatli Buxoro viloyati, Jondor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 31-iyul, soat 16:00 dan

📍Manzil: Buxoro viloyati, Jondor tumani “Murgʻak” MFY binosida

📱Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

🌍 Yer o'z resurslari bilan odamzod ehtiyojlarini qondirishga qodir, biroq uning nafsini emas.

✍️Mahatma Gandi

Telegram | Facebook | Instagram
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallari tomonidan 2023-yilning 24–30-iyul kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati
#Javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—

▪️fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari

▪️mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul
#Live

Ayni paytda, Jondor tumanidagi "Murgʻak" mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ullari hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joyga egalik huquqini tiklash, yer ajratish kabi masalar yuzasidan murojaatlari tinglanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

Buyuklikning narxi — Mas’uliyatdir


✍️ Uinston Cherchil

Telegram | Facebook | Instagram
#Xususiylashtirish
#Kadastr #Buxoro

Buxoroda yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari qanday kechmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 71-son qaroriga asosan Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 17 849 gektar yer maydonlarini xususiylashtirish bo‘yicha jami 2128 ta ariza kelib tushgan. Shundan:

🔹437 ta arizaga ijobiy xulosa berilgan va xususiyshtirilgan;
🔹125 ta order berilgan arizalar;
🔹1682 ta ariza rad etilgan.

⚠️ Rad etish sabablari o‘rganilganda, aksariyat hollarda yerga bo‘lgan huquqni mavjud emasligi yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish masalasidagi murojaatlar ekanligi, davlat orderi asosida (kottedj tipidagi) uylar (kvartiralar) egalari va muhofaza zonalarida joylashgan obyektlar ekanligi aniqlangan.

❗️Bunday holatlarda, murojaatchilarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirish orqali tegishli yo‘nalish berib kelinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Info #Foydali
#Kadastr_agentligi

📹 Yer ajratish masalasida firibgarlarga aldanib qolmang

❗️ So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.

Shu sababli Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

Yer bilan bog‘liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga murojaat qiling!

Telegram | Facebook | Instagram
#Seminar #Kadastr
#Buxoro

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyungadi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–848-son Qonuni hamda 2023-yil 3-iyuldagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ–850-son Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

▪️Targ‘ibot tadbiri davomida boshqarma huquqshunoslari tomonidan mazkur qonunlar bilan tartibga solinuvchi huquqiy munosabatlar haqida xodimlarga atroflicha tushuncha berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

☝️ Har doim harakatda bo‘ling. Zero harakatlaringiz natijasi bir kun amalga oshadi. Harakat qilmasdan turib hech narsaga erishib bo‘lmaydi.

Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham xuddi shunday holat yuz beradi.

✍️ Leonardo da Vinchi

Telegram | Facebook | Instagram
#Infografika #Kadastr_Pasporti
#Kadastr #Buxoro

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan joriy yilning 25-iyul–1-avgust kunlari davomida kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida infografik ma'lumot

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #seminar

Qashqadaryo viloyatida Jahon banki loyihasi doirasida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan  aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi 3-kunlik seminar-trening yakuniga yetdi.

➡️ Uch kun davomida ishtirokchilarga Ommaviy axborot vositalari bilan ishlashda qo'llaniladigan qonuniy asoslar, muloqotning ta'siri, provakatsion savollar va holatlarga qanday javob berish mavzularida nazariy hamda amaliy bilimlar berildi

➡️ Uch kunlik seminarda ishtirok etgan 100 nafarga yaqin 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari  tuman, shahar bo'limlari va filiallari rahbarlariga sertifikatlar topshirildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM