Buxoro Kadastr ️
2.78K subscribers
6.4K photos
1.09K videos
1 file
4.6K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🏠 Ko‘chmas mulkni bo‘lish va bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.
▫️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkning muayyan turdagi obyektini bo‘lish xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq obyektning tashkil etilishiga olib keladi.
▫️ Ko‘chmas mulk bo‘linganidan keyin mazkur ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka esa yangi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish ochiladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#DKP_statistika
#Kadastr_pasporti

Hafta davomida Buxoroda qancha kadastr pasporti shakllantirilgan?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 27-aprel–3-may kunlari davomida respublika bo‘yicha 5 618 ta kadastr pasporti tayyorlangan. Fuqarolardan kelib tushgan jami arizalar esa, 15 940 tani tashkil qilgan.

Shundan Buxoro viloyati bo‘yicha fuqarolarning murojaatlariga asosan 263 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

🔹 Batafsil ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan my.gov.uz portali orqali 1-may holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali - 47 889 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali - 170 190 ta

📱 Xizmatdan foydalanish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

📨 Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi.

📁 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 1-may holatiga murojaatlarning o‘rganilishi yuzasidan infografik maʼlumot

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:

▫️ yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi;
▫️ arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
▫️ yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari ma’lumotlariga mosligini aniqlash.

💠 Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun BHM ning 5 baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Huquqiy_bilim #Kadastr
#Servitut

📑 Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

🔹o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;
🔹mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

❗️Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Xotira_va_qadrlash_kuni

9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Zero, O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, ezgu amallarini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos go’zal fazilatdir.

Shu munosabat bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari uzoq yillar sohada faoliyat yuritib uning rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh mehnat faxriylari xonadoniga tashrif buyurib, ular holidan xabar olindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #9_may

💐 9-may – Xotira va qadrlash kuni 💐

🌟 Kadastr agentligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr pasportini rasmiylashtirish▪️

📃 Qanday hollarda ko'chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi?

👆 Yuqorida ana shu savolga javob bo'luvchi ma'lumotlar jamlanmasi bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 3-8-may kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 5 386 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 147 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 918 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan uzoq yillar sohada faoliyat yuritgan bir guruh mehnat faxriylari xonadoniga amalga oshirilgan tashriflar «Buxoro» telekanali nigohida.

Telegram | Facebook | Instagram
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Advokat ma’lumotlariga qo‘shimcha tuzatish▪️

▶️ Bugun, ijtimoiy tarmoqlar orqali advokat Davron Tadjiev tomonidan Uyni kadastri bo‘lmasa – qanday yo‘l tutish kerak - mazmunidagi savolga tayyorlangan videosyujetdagi ma’lumotga biroz tuzatish kiritishni lozim topdik.

Zero, aniq yo‘naltirilmagan ma’lumotlar tufayli fuqarolarda sarsongarchilik yuzaga kelmoqda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Foydali #Kadastr

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘lovlari

▪️ Umumiy maydoni 100 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 1,25 baravari (375,000 so‘m)

▪️ Umumiy maydoni 101 kv.metrdan 300 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 2 baravari (600,000 so‘m)

▪️ Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish— BHMning 3 baravari (900,000 so‘m) miqdorida belgilangan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asos
#Xususiy_mulk

Xususiy mulk miqdori cheklanganmi?

Xususiy mulk huquqi shaxsning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

▪️Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

▪️Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli.

▪️U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
👍1
#Davra_suhbati
#Kadastr #Buxoro

▪️ Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Toyirov boshchiligida Inson resurslarini boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari hamda boshqarmaning tuman (shahar) filiallari rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

▪️Tadbir davomida yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyati hamda xodimlarning odob-axloq va ichki mehnat-tartib qoidalariga amal qilish, filiallarga tashrif buyurayotgan fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish lozimligi yuzasidan xodimlarga kerakli yo‘l-yo‘riq va tushunchalar berildi.

▪️ Shuningdek, xodimlar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, kiyinish madaniyatiga rioya etish kabi masalalar bo‘yicha ogohlantirildi.

Telegram | Facebook | Instagram