Buxoro Kadastr ️
1.34K subscribers
5.87K photos
1.02K videos
1 file
4.25K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
🇺🇿Bugun 25 oktabr – «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni»

👮‍♂️Organ xodimlarining yurtimiz osoyishtaligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo'lida olib borayotgan fidokorona xizmatlarini vatandoshlarimiz doimo qadrlaydi.

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Ichki ishlar xodimlari, sohaning fidoiylarini, faxriylarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi. Oilaviy baxt, g‘oyat mas’uliyatli hamda mashaqqatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Bilib_olgan_yaxshi

📑 Dehqon xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha talabgorlar takliflarini baholash mezonlari bilan yuqorida jadval orqali tanishishingiz mumkin

❗️ Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 709-sonli qarori

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #brifing

😀 25-oktabr, seshanba kuni:

🟥 Brifing

😀 Mavzu: Kadastr agentligi faoliyatini takomillashtirishga oid Prezident qarori mazmun-mohiyati

🟢 Vaqti: 16:00

🟢 Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov, Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_oyligi
#Davra_suhbati

🔰 Kadastr agentligi tizimida 2022-yil 17-oktabrdan 17- noyabrgacha e’lon qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» doirasida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi komplayens nazorati xizmati bosh mutaxassisi M.Xidirov hamda boshqarma yuridik bo‘lim mutaxassisi R.Baxronovlar tomonidan Qorako‘l tuman filiali xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

▪️Muloqot davomida Boshqarma komplayens-nazorat xizmati xodimi O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining korrupsiya bilan bog‘liq moddalarning mazmun-mohiyatini yig‘ilganlarga tushuntirdi.

▪️Muloqot so‘ngida qatnashchilar tomonidan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ 2023-2025 yillarda O‘zbekiston hududida Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi

Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmat Atamuratov maʼlum qildi:

Prezident qarori bilan 2023-2026 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi:

🔘 25 mln 169 ming gektar yer uchastkalarini o‘lchash va ularning elektron xaritalarini yaratish;

🔘 8 mln 200 mingdan ortiq bino va inshootlarni o‘lchash va ularning elektron bazasini yaratish;

🔘 9 370 ta mahalla chegaralarini belgilash;

🔘 111 ta tumandagi yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish;

🔘 1 665 ta maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash kabilar shular jumlasidan.

📔 Karor bilan, shuningdek, fazoviy maʼlumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki taʼsir o‘tkazish qatʼiy taqiqlanadi.

Qaror bilan quyidagi ishlarni bajarish belgilandi:

➡️Geodeziya va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil etish;

➡️2023-2025 yillarda O‘zbekiston hududida Milliy koordinatalar tizimini joriy etish; Davlat koordinatalar tizimidan (SK-42) Butunjahon koordinatalar tizimiga (WGS-84) o‘tish parametrlarini ishlab chiqish.

➡️ Batafsil

🌐 Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

⚜️ Ko'chmas mulk obektining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Auksion #Statistika
#Buxoro

🏢 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 18-25-oktabr kunlari 1 134 ta yer uchastkalari auksion savdolariga taqdim etilgan.

Shundan, Buxoro viloyati bo‘yicha jami 12,7 gektar maydonda joylashgan 79 ta yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn savdolarga chiqarilgan.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Yangi Davr | Kadastr tizimidagi o'zgarishlar

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati
#Kadastr #Buxoro

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining mazmun mohiyatini davlat fuqarolik xizmatchilari orasida targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarning navbatdagisi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarida bo‘lib o‘tdi.

▪️ Boshqarmalarning tuman,shahar bo‘limlari va filiallari targ‘ibot tadbirida ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi. Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamda viloyat Adliya boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi tomonidan yig‘ilganlarga joriy qilinayotgan yangi tartib va o‘zgarishlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

▪️Davra suhbati yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Yer_nazorati
#Xatlov

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va Buxoro shahar bo‘limi inspektorlaridan iborat ishchi guruh tomonidan shahar hududidagi «Gulchorbog‘» aholi punktidagi yer maydonlarida nazorat, xatlov ishlari o‘tkazildi.

✍️ O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, aholi punkti hududida 4 ta holatda 0,2 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, egallangan yerlarda o‘zboshimcha qurilishlar qilinganligi aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli tartibda o‘zboshimcha qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi.

❗️Hududda mazkur yo‘nalishdagi nazorat va xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram