Buxoro Kadastr ️
1.33K subscribers
5.83K photos
1.01K videos
1 file
4.22K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

🔴2 million 600 ming aholi xonadonlariga kadastr hujjati qilib berilishi rostimi?

📌Batafsil videoni tomosha qiling va savollaringizga javob oling.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Test

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun qancha jarimaga tortiladi?
Anonymous Quiz
30%
BHMning 5 baravari
43%
BHMning 10 baravari
27%
BHMning 15 baravari
#Kadastr
#Qonunchilik


🔰1-oktabrdan kuchga kiradigan tartibga ko’ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda qabul qilinadi.

📌Tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi va yer uchastkasining hamda olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi o‘rtasida tuziladigan, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladigan kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DavKadastrPalata
#Statistika

📹 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 20 -26 iyul kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida respublika bo‘yicha davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 10 610 tani tashkil etdi. Shundan 806 ta obyekt Buxoro viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Milliy geoaxborot tizimi haqida▫️

💠 Milliy geoaxborot tizimi yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarida bo‘layotgan o‘zgarishlarini hisobga oladi, ular bo‘yicha tegishli ma’lumot beradi, yerlarni o‘zgarish dinamikasi shakllanadi hamda arxiv xujjatlarini saqlab qoladi.

💠 O‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirokchilarga har bir yer egalari va yerdan foydalanuvchi kesimida joylashgan manzili, yer maydoni, yer turi, yer uchastkasi raqami, foydalanish huquqi va muddati, huquqiy xujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqtdagi holati bo‘yicha onlayn ko‘rish mumkinligi to‘g‘risida Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Niyozov ko‘rgazmali tarzda ma’lumot berdi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Jarayon #Siyosiy_oquv_soati

📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan siyosiy (ma'rifat) o‘quv soatining bugungi sonida ishtirok etdilar.

Telegram | Facebook | Instagram
#Xabaringiz_bormi

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Hukumat qarori bilan «Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlangan.

🔰Nizomga muvofiq, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

▪️yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;
▪️elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;
▪️yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;
▪️OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;
▪️sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

❗️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (30 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Tizimga kiritishning bosqichlari▫️

💠 "Milliy geoaxborot tizimiga kiritishdan avval kechadigan birqancha jarayonlar mavjud. Ya’ni avvalo yer uchastkasining elektron tizimda yaratib olinadi, so‘ngra u hisobga olinadi va nihoyat huquqiy xujjatlariga asosan unga bo‘lgan huquq Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib yer uchastkasi auksion orqali berilishidan oldin ushbu yer uchastkasi davlat mulki huquqi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi shartligi belgilangan." -deya ta'kidladi matbuot anjumanida Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurazzoqov.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 22-29 iyul kunlarida jami 1 992 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 22
▫️Andijon viloyati - 130
▫️Buxoro viloyati - 130
▫️Samarqand viloyati - 50
▫️Sirdaryo viloyati - 47
▫️Surxondaryo viloyati - 235
▫️Qashqadaryo viloyati - 184
▫️Toshkent shahar - 179
▫️Toshkent viloyati - 415
▫️Navoiy viloyati - 23
▫️Namangan viloyati - 150
▫️Xorazm viloyati - 156
▫️Jizzax viloyati - 135
▫️ Farg‘ona viloyati - 114
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 22

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Matbuot kotiblariga sertifikatlar topshirildi▫️

🔰 Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy va tizim tashkilotlari matbuot kotiblari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilgandi. Unda axborot siyosatini yuritish, matbuot xizmati faoliyatini tashkil etishda qonunchilikdagi ahamiyatli jihatlar hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, maqsadli auditoriya bilan ishlash mavzularida darslar tashkil etildi.

🔰 Hafta so‘nggida mazkur o‘quv seminarlar yakuniga ko‘ra, matbuot kotiblarining o‘zlashtirish darajasini aniqlovchi test savollarida to‘plagan ballariga natijasi o‘laroq sertifikatlar topshirildi.

#DavKadastrPalata #matbuot_kotiblari #o_quv_kurslari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube