Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Hashar_elga_yarashar

"Umumxalq hayriya hashari" munosabati bilan o‘tkazilgan hasharda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘lim va filial xodimlari faol ishtirok etishdi

Telegram Facebook Instagram
🇺🇿 TAYINLOV

Toyirov Amriddin Xayriddinovich –Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Amriddin Xayriddinovch - 1981 yil Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Buxoro viloyati hokimligida Sho'ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
🇺🇿 ТАЙИНЛОВ

Тойиров Амриддин Хайриддинович – Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги Давлат кадастрлари палатаси Бухоро вилояти бошқармаси бошлиғи лавозимига тайинланди.

Амриддин Тойиров - 1981 йил Жондор туманида туғилган. 2005 йил Бухоро давлат университетини тамомлаган.

Тайинловга қадар Бухоро вилояти ҳокимлигида шўъба мудири лавозимида фаолият юритган.

LIVE | Facebook | Instagram | YouTube
Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

📍
https://uza.uz/posts/369140

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bayram_tabrigi

Alloh taoloning marhamati yog'iladigan ushbu barokatli va nurafshon kunda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni azizu mukarram Ramazon hayiti bilan tabriklaydi.

Insonparvarlik, sabr-qanoat, xayru saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan ushbu qutlug‘ bayram kunlarida Sizga va oilangizga sog'lik-omonlik, ikki dunyo saodatidan nasib etishini tilaymiz!

Mo’tabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolaringiz ijobat bo'lsin!

✍️@buxkadastr
📧SAVOL: Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Ko‘p qavatli uylarga tutash yerlarni temir panjaralar bilan у́rab olish qonuniy xisoblanadimi?

🧾JAVOB: Ko‘p qavatli uylardagi yerlar umumiy foydalanish yerlari bo‘lib ushbu yer maydonlari hukumat qarorlari va boshqa qonunchiliklar asosida ko‘p qavatli xonadonlardagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar tasarrufiga aholi roziligi bilan beriladi. Har qanday o‘zgarish va qayta qurishlar Vazirlar Mahkamasining 370-son qarori talablari asosida Arxitektorlar tomonidan tasdiqlangan loyihaga ko‘ra amalga oshiriladi. Siz yuqorida qayd etgan temir panjaralar loyihaga ko‘ra o‘rnatilgan taqdirda belgilangan qonunchiliklar asosida rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Seminar

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi 71-sonli qarori qabul qilingan.

♻️Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Yerlarni auksionga chiqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Shomansurov tomonidan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida viloyat hokimligi hamda aloqador tashkilotlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar yuqoridagi qaror ijrosi doirasida ishlab chiqilgan "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan axborot tizimidan tizimga ulangan vakolatli organlar mas'ul xodimlarining ko'nikmalarini oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Telegram Facebook Instagram
Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish;

🔹Kadastr ob’yektiga ta’qiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

Telegram Facebook Instagram
Forwarded from my.gov.uz
👨🏻‍💻 Kadastr ob’ektiga taqiqni tekshirishning oson yo‘li bor!

💰 Ko‘p hollarda (masalan, oldi-sotdi jarayonida) ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini tekshirish juda zarur bo‘lib qoladi.

🏘 Chunki ob’ektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, ovoragarchiliklar bo‘ladi.

🌐 My.gov.uz shunday ovoragarchiliklar bo‘lmasligi uchun qulay xizmatni yo‘lga qo‘ygan.

💁🏻‍♂️ Shuningdek, Yagona portal orqali umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshirish imkoni bor.

My.gov.uz bilan barchasi qulay va oson!

@MyGovUz | @eGovUz
#Kadastr #brifing

📢 06-may, juma kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan yer va kadastr nazorati tadbirlari

● Vaqti: 16:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#TAYINLOV

Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga Xidirov Maxmud Murtazoyevich tayinlandi.

Xidirov MAxmud Murtazoyevich — 1982 yilda Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug'ilgan.

2003-yilda Milliy xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan.

Telegram Facebook Instagram