Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
980 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#Kadastr #Buxoro

Vobkent tumanida ⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari hamda tuman bo‘limi mutasaddilari ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.

📝Sayyor qabulda fuqarolarning yer ajratish, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, egalik huquqini olish, kadastr kodini yangilash kabi masalalari yuzasidan 10 ga yaqin murojaatlari tinglandi.

📃 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan murojaatlarni ijobiy hal qilish choralari ko'rildi va fuqarolarga qonunchilik bo'yicha huquqiy tushunchalar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


🫥 «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonunda Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi hajmlari qanday belgilangan?

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda arxiv ishi faoliyati
o‘rganildi

💫 Davlat kadastrlari palatasi arxiv ishi nazorati boʻlimi mutaxassisi Turg'un Mo'minov Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani hamda Kogon shaharlarida bo'lib, arxiv ishi yuritilishini ko'zdan kechirdi. Mazkur hududlarda shu kunga qadar arxiv hujjatlarini raqamlashtirish borasida amalaga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

💠 Shunigdek, mutaxassis tomonidan filiallarda arxiv ishi mutaxassisi sifatida ish faoliyatini boshlagan yangi xodimlar uchun seminar trening o‘tkazildi. Unda arxiv xonalarining talabga javob berishi, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish holatlari va hujjatlarni yo'riqnoma asosida berish va qayd qilish kitobi yuritilishi masalalari bo‘yicha xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 6-moddasi haqida,

💠 Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari o‘zboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida e’tirof etish mumkin deb topgan yoki e’tirof etishni rad etgan yoxud bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati o‘tganligi munosabati bilan arizalarning ko‘rib chiqilishi yakuniga yetmagan hollarda, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir #Istiqlol_tv
#Kadastr #Buxoro

🔴Ayni paytda, "Istiqlol" telekanali orqali Davlat Kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi mutaxassisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida" gi qonunning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan jonli efir bo'lib o'tmoqda.

🔷 Unda mutaxassis tomonidan sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berilib, jismoniy va yuridik shaxslarning kadastrga oid savollariga javob beriladi.

🔴 Jonli efir havolasi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion #Kadastr
#Buxoro

Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yer uchastkalarini sotib oling!


"E-auksion" elektron savdo platformasi tadbirkorlarga tayyor loyiha asosida savdoga qo'yilgan yer uchastkalarini taklif etadi.

📍 Buxoro tumani — 5 ta (M-37 yo'li)
📍 Romitan tumani — 1 ta (A-380 yo'lida)
📍 Jondor tumani — 4 ta (M-37 yo'li)

📹 Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 🌟"Kadastr agentligi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tafsilotlar "My5" telekanalining "Hudud" informatsion dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

👍Telegram tarmog‘idagi Bukhara News kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan ishlari olib borildi. O‘rganish natijalari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

◾️Murojaatda tilga olingan joy Buxoro shahar ibn Sino ko‘chasi hududida joylashgan “TAKSI REMONT MASHSERVIS” MCHJga qarashli bo‘lib, yer maydoni tadbirkorlik subyektiga Buxoro shahar hokimining 2018-yil 17-martdagi 707-sonli qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan. Mazkur qaror bilan tadbirkorlik subyekti tominidan ko‘chmas mulkka bo’lgan huquqlari tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi aniqlandi. Hozirda qurilish ishlari amalga oshirilayotgan maydon ham mazkur hujjatlarga ko‘ra “TAKSI REMONT MASHSERVIS” MCHJ ning o‘ziga tegishli ekanligini ma’lum qilamiz.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 7-moddasi haqida,

💠 Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

🔵tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

🔵yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😂😁〽️🔸

📺 "Istiqlol" telekanalining Jonli Intervyu loyihasida 🇺🇿Davlat Kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Mirshod Shukrullayev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida" gi qonunining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan suhbat bo'lib o'tdi.

◾️Suhbat davomida mutaxassis tomonidan sohadagi qonun orqali belgilanayotgan tartiblar haqida ma’lumot berilib, jismoniy va yuridik shaxslarning kadastrga oid savollariga ham javob berildi.

🌐 Batafsil video

#OAV_Biz_haqimizda #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion #Kadastr
#Buxoro

⚖️ Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bekor qilinadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 8-moddasi haqida,

💠 Fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati a’zosi bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM