Buxoro Kadastr ️
1.34K subscribers
5.86K photos
1.02K videos
1 file
4.24K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

🟢 Bugungi kunda yurtimizda 3,8 milliondan ortiq yaʼni 493 ming gektar yer uchastkalarining hujjatlari yo‘qligi va Qonunning maqsadi ham o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

⚖️ Qonun loyihasi Prezidentimizning 2023-yil 2- noyabrda yer hisobi va kadastr xizmatlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari asosida ishlab chiqildi. Loyihani tayyorlashda Italiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasi inobatga olindi.

Shuningdek, loyihani tayyorlash jarayonida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar o‘rganildi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

Oliy sud, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi mas’ullari tomonidan birgalikda juda ko‘p holatlar o‘rganilib, umumlashtirdi va yer uchastkalarining rasmiylashtirilmagan asosiy 8 ta holati belgilab olindi:

🟢 2018 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarini eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
🟢2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer;
🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i - Jaksimuratov Uzakbergen

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 

💫Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, hozirgi kunda “bir martalik aksiya” doirasida hujjatlari rasmiylashtirilishi boshlangan, lekin yakuniga yetmagan 60 mingdan ziyod holat bor. Shuningdek, kichik sanoat zonalarida joylashgan 1 200 nafardan ortiq tadbirkorlarning yerlarini rasmiylashtirish ishlari tugatilmagan. Xuddi shunday, tumanlarda hokim qarori bilan uy-joyga mulk huquqi eʼtirof etilib, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilanmay qolgan ko‘plab holatlar mavjud. Qonunda ana shularning barchasini rasmiylashtirish nazarda tutilgan.

😄Aslida, “o‘zboshimchalik bilan egallangan”, degan so‘z faqatgina noqonuniy maʼnosini anglatmaydi. Qonunchilikda hujjatlari saqlanib qolinmagan yer yoki bino-inshootlarga nisbatan ham “o‘zboshimchalik bilan egallangan” degan taʼrif qo‘llaniladi. Masalan, o‘tgan asrda ajratilgan yerlarning ko‘pi shunday holatda, yaʼni qaysidir sabablarga ko‘ra hujjatlari saqlanmagan. Hozirgi kunda yurtimizdagi 2 million 400 mingdan ortiq uy-joy shu holatda turibdi. Ularning barchasi tegishli tartibda o‘rganilib, qonuniy yechimlari beriladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Energiya_tejamkorlik
#Kadastr #Buxoro

Yoqilg‘i energetika resurslarini tejash hamda elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanish maqsadida ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari va ularningning shahar, tuman bo‘lim(filial)larida 100 dan ziyodaqlli” (sensor datchikli) elektr chiroqlari o’rnatildi.

Aqlli lampalar juda kam energiya sarflaydi va energiya isrofini kamaytiradi. Bu esa energiya isrofini qisqartirish va energiya xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

Ular yuqori ish vaqti hamda uzun ish davomiyligi bilan ajralib turadi. Bu, lampalarni tez-tez almashtirish va o'zgartirish zaruriyatini kamayadi.

Shuningdek, 7 ta tuman va shahar bo‘lim(filial)larining binolariga quyosh panellari o‘rnatilgan. Bu ham o‘z navbatida energiya resurslaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

📣 Hurmatli Vobkent tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

✉️ Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Vobkent tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 16-avgust kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul ⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Vobkent tumani, Kadastr agentligi tuman boʻlimi binosi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Kadastr #Buxoro

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

Buxoro viloyatida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr sohasi bo'yicha muammolarini hal qilishda ko'maklashish maqsadida Buxoro tumanida ochiq muloqot o'tkazilmoqda.

Sayyor qabul 💫Davlat kadastrlari palatasi Buxoro tuman filiali rahbariyati tomonidan o'tkaziladi.

📍Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Buxoro tumani filiali binosi

🕔 Ochiq muloqot 16-avgust kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Kadastr #Buxoro

Vobkent tumanida ⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari hamda tuman bo‘limi mutasaddilari ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.

📝Sayyor qabulda fuqarolarning yer ajratish, ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, egalik huquqini olish, kadastr kodini yangilash kabi masalalari yuzasidan 10 ga yaqin murojaatlari tinglandi.

📃 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan murojaatlarni ijobiy hal qilish choralari ko'rildi va fuqarolarga qonunchilik bo'yicha huquqiy tushunchalar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


🫥 «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonunda Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi hajmlari qanday belgilangan?

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM