Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Kadastr #Mamuriy_amaliyot
#Buxoro #Jarimalar

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-may holatida koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik holati boʼyicha 135 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

‼️Eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68¹-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

🔹 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari,

🔹 Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-moddasi birinchi qismiga asosan;

🫥Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa;

🗄 Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʼrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🗣Sugʼoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʼzboshimchalik bilan egallab olish;

🗄 Bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u oʼzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʼzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʼllanilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🖥 Davlat mulkidan foydalanganlik davri quyidagicha belgilanadi:

◼️Davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, joriy yil 1-yanvar sanasidan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️ijaraga beruvchi ishtirokida avval tuzilgan ijara shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, avvalgi ijara shartnomasi muddati tugagan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️davlat mulki ijara shartnomasiga kiritilmasdan ijaraga berilganda, shuningdek, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni kamaytirib ko‘rsatilganda, ijara shartnomasi tuzilgan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar.

◼️Bunda hisoblangan davr uchun to‘lov o‘sha yilga belgilangan ijara to‘lovining eng kam miqdoriga mutanosib hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_marifat_soati
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

Shuningdek, xodimlar o‘rtasida munosib va xavfsiz mehnat faoliyatini tashkil etish maqsadida mehnat muhofazasiga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda ularning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🌟 Kadastr agentligi va💫 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Romitan tuman bo‘lim(filial)ida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

◾️ Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi, qolaversa, korrupsion holatlarni bartaraf etish maqsadida kadastr tizimida joriy qilingan ta'sirchan choralar haqida so'z yuritildi.

◾️ Davra suhbatida xodimlarga korrupsion faoliyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. O‘tkazilayotgan xizmat tekshiruvlari jarayonida xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatishda hamda fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashda kuzatilayotgan bir qator kamchiliklar muhokama qilindi.

◾️Xodimlar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, kiyinish madaniyatiga rioya etish kabi masalalar bo‘yicha ogohlantirildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Mamuriy_amaliyot
#Buxoro #Jarimalar

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-may holatiga O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish holati boʼyicha 95 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Eslatma:

⚠️Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 60-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish,

🔵 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari,

⭕️Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM