Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
980 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Ogohlik

⚡️QONUNCHILIKDAGI JAVOBGARLIKNI UNUTMANG!

❗️Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr #Foydali

Kadastr obyektiga taqiqni qanday tekshirishni bilasizmi?

🧑‍💻 Buni uydan turgan holda o'zingiz ham tekshirishingiz mumkin.

▶️ Batafsil videoda tomosha qiling.

➡️ Taqiqni tekshirish uchun quyidagi havola orqali kiring va foydalaning: https://my.gov.uz/uz/service/471

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot #Servitut
#Kadastr #Buxoro

📃 Servitut belgilangan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan ushbu yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir.

💠 Yer uchastkasining servitut belgilangan qismi uchun yer solig‘i (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan to‘lanadi, bunda servitut uchun to‘lanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davr uchun belgilangan yer solig‘i (ijara haqi) summasidan kam bo‘lishi mumkin emas.

🫥 Servitut uchun haq to‘lashga oid boshqa shartlar, shuningdek servitut to‘lovsiz (tekin) amalga oshiriladigan holatlar qonunda belgilanadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.


“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.

Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:

Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi
#Kadastr #Buxoro

⭐️ Kadastrga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmatidan my.gov.uz portali orqali foydalanish mumkinligidan xabaringiz bormi?

🖥 Bu orqali fuqarolar onlayn ariza berish bilan ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Yer_nazorati #Kadastr

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish
tartibi qanday?

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

◾️ Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

◾️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari"

⚡️Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ""UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari" mavzusida matbuot tadbiri bo'lib o'tdi.

🌟Unda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligidagi mutasaddilar yig'ilgan jurnalist va OAV vakillariga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari,  "UZKAD" tizimi va unga o'tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari haqida batafsil tushuntirdilar.

▶️📹Matbuot tadbiri Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali jonli efirda namoyish etildi.

#DavKadastrPalata  #matbuot_tadbiri

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Xabaringiz_bormi

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga bunday yordam ko'rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta'minlash tartibini belgilashga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:

◾️Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi shart.

◾️Bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e'tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

🌟 Xabaringiz bor, 27-mart kuni Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev boshchiligida sayyor qabul o'tkazilgan edi.

📹 Hududiy telekanallarning "Diyor yangiliklari" hamda "Hudud yangiliklari" informatsion dasturlarida ushbu sayyor qabul jarayoni haqida batafsil ma'lumot berildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

▶️ Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot

⚖️Yer uchastkalari auksion savdolariga quyidagi mulk huquqi asosida chiqariladi

◾️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

◾️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_nazorati
#Mamuriy_jarimalar

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-aprel holatida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holati boʼyicha 136 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Eslatma:

📌 Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan, Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish,

🔵 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari,

⭕️Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

❗️Mazkur huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

KORRUPSIYA– TARAQQIYOT KUSHANDASI

📌 Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq ekanligi sir emas. Shu boisdan korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining tuman bo‘lim(filial)lari xodimlari o‘rtasida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

◾️ Navbatdagi davra suhbatlari Shofirkon va Buxoro tumanlari hamda Buxoro shahrida tashkil etildi.

💠 Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Timur Yuldashev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida joriy qilinayotgan ta’sirchan choralar xususida ma'lumot berildi.

🔺 Shuningdek, xodimlarga mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_marifat_soati
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

Shuningdek, boshqarmaning yuriskonsulti tomonidan O‘RQ–909-son, O‘RQ–910-son, O‘RQ–911-son hamda O‘RQ–915-son Qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM